Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Talabalar yotoqxonasi. Tong.
— Voy belim, yomon og‘riyapti!
— Kechasi bilan hurrak otganingdan keyin og‘riydi-da!
— Kechasi bilan yana meni tepib chiqding-mi...?
40 dan 80 gacha bo‘lgan istalgan juft sonni tanlang. Uni 3 ga ko‘paytiring. Keyin undan 11 sonini ayiring, so‘ng 17 ni qo‘shing va 2 ga bo‘ling. Endi ko‘zlaringizni yuming. Qop-qorong‘u, shunday emasmi?
Militsiyaga bir erkak qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, militsiya, xotinim yo‘qolib qoldi!
— Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz?
— Do‘konga deb chiqib ketgandi...
— Xotiningizni belgilari: Bo‘yi? Soch rangi?
— Bilmayman, bo‘yini o‘lchab ko‘rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo‘q!
— Ko‘zini rangi-chi?
— Hecham ahamiyat bermaganman.
— Qanday kiyimda edi?
— Bilmayman ...
— Mashinada ketganmidi?
— Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o‘rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o‘rnatilgan, salonga monitor ham o‘rnatib bergan edim, - deb yig‘lab yuboribdi.
— Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz!
Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yigit suhbatdan o‘tmoqda.
Huquqshunos:
— Do‘stim, siz hamisha qonunlarga tayanib ish qilasizmi?
Yigit:
— Albatta! Masalan, men Ahmadboyga pul berganlar ro‘yxatida yo‘qman.
Tungi qorovul rahbarga qarab:
— Xo‘jayin, men ikki kunlik navbatchiligimni ishlab bo‘ldim, - debdi.
— Qanday qilib, - hayron bo‘lib so‘rabdi boshliq.
— Bugun tunda uxlab qolibman, hech kim uyg‘otmabdi-yam..., - dermish qorovul.
Bir millioner odamni o‘g‘irlab ketishibdi. Ko‘l bo‘yiga olib borib, boshini suvga tiqib-chiqarib:
— Pullar qayerda? Pullar qayerda?, - deb so‘rayverishibdi o‘g‘rilar.
Boyagi boy nafasi bo‘g‘ilib:
— Yigitlar, pullar ko‘rinmayapti. Yoki chuqurroq kirishim kerak, yoki suv ostida uzoqroq ushlab turinglar-da..., - dermish.