Tungi qorovul rahbarga qarab:
— Xo‘jayin, men ikki kunlik navbatchiligimni ishlab bo‘ldim, - debdi.
— Qanday qilib, - hayron bo‘lib so‘rabdi boshliq.
— Bugun tunda uxlab qolibman, hech kim uyg‘otmabdi-yam..., - dermish qorovul.
Bir millioner odamni o‘g‘irlab ketishibdi. Ko‘l bo‘yiga olib borib, boshini suvga tiqib-chiqarib:
— Pullar qayerda? Pullar qayerda?, - deb so‘rayverishibdi o‘g‘rilar.
Boyagi boy nafasi bo‘g‘ilib:
— Yigitlar, pullar ko‘rinmayapti. Yoki chuqurroq kirishim kerak, yoki suv ostida uzoqroq ushlab turinglar-da..., - dermish.
Qari chol aerodromga kelib uchuvchiga:
— Iltimos, meni kampirim bilan samolyotingda uchirib kelgin.
— Buni iloji yo‘q!
— Yo‘q dema bolam. Shu yoshga kirib, hali biror marta-yam osmonda uchmaganmiz. Samolyotga chiqish orzuimiz bor!
Uchuvchi rozi bo‘lib, chol va kampirni samolyotga chiqaribdi-da debdi:
— Faqat bitta shartim bor otaxon, agar baqirsangiz shu zahoti yerga qaytamiz.
— Xo‘p, baqirmayman, - debdi chol.
Samolyot havoga ko‘tarilibdi. Uchuvchi bor mahoratini ko‘rsatib, eng yuqori balandlikka chiqibdi. Tepaga , so‘ng zudlik bilan pastga sho‘ng‘ibdi, bir tomonga qayrilib uchibdi. Samolyotni charxpalak singari aylantirib tashlasa ham, chol-kampir indamasmish.
Yerga qo‘ngach, uchuvchi cholga qarab:
— Ha otaxon, qo‘rqmadingizmi? Rostini ayting, baqirib yuboray dedingizmi?, - desa, chol:
— To‘g‘risini aytganda, kampirim samolyotingdan tushib ketganda sal baqirib yuboray dedim bolam, - degan ekan.
Ikki o‘rtoq ta’qiqlangan joyda baliq tutib o‘tirsa, tekshiruvchilar kelib:
— Ov qilishga ruxsatnomangiz bormi? - desa, bittasi o‘rnidan turib, qocha boshlabdi. Tekshiruvchi uni quvlab, yetib olibdi-da:
— Nega qochasan? Hujjating yo‘q-mi? - degan ekan, u yigit ham, — Meni hujjatlarim joyida. Do‘stimni ruxsatnomasi yo‘q edi-da, - dermish.
Hayotda oliyjanob erkaklar qolmagani haqidagi gaplar noto‘g‘ri. Mana masalan, men bugun xotinimga soyabon tutib turdim. U mashina g‘ildiraklarini tezgina almashtirib oldi...
Er rosa ichib, kayfda uyga keldi. Xotiniga mastligini bildirmayman deb harakat qilibdi. Xotin buni sezib gap boshladi:
— Dadasi rosa ichibsiz-a?
— Hechamda, bir gramm ham ichmadim.
— Byekorlarni aytibsiz, rosa ichgansiz!
— O‘lay agar ichmadim!
— Qani unda "Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish" dengchi!
— Qishda pishmish qishmasmish, pishmish qishsa pishmasmish... E bor-e, rosa bo‘kib ichdim.