Bir odam daryo bo‘yida iti bilan baliq tutib o‘tirgan ekan, shu payt suvdan sigir chiqib: — Sigaretni tutashtirib olsam bo‘ladimi? - deb sigaretini tutashtirib sho‘ng‘ib ketibdi. U odam hayron bo‘lib itiga qarabdi. Iti unga termulib, ko‘zlarini pildiratib: — Nima menga qaraysiz?! O‘zim hayron qoldim, - dermish.
Er-xotin gaplashib o‘tirib, xotini: — Qanday tanishganimiz yodingizdami? - desa, eri: — Ha. Men taksiga qo‘limni ko‘tarsam, sen yonimga kelib olgansan, - dermish.
Jurnalist shahar ko‘chalaridan birida fuqarolardan intervyu olmoqda: — Davlatimiz rivoji to‘g‘risi nima deysiz? — Juda oqilona siyosat olib borilmoqda. Fuqarolar shod-hurram. Hamma narsa yetarli. Narx-navo pasayib bormoqda. ... — Siz qaysi tumanda istiqomat qilasiz? — Men davlatingizga xorijdan mehmon bo‘lib kelganman.
Manzilga yetib kelganda taksi haydovchisi yo‘lovchiga: — Uzr, men hisoblagichni yoqishni unutibman, - debdi. Yo‘lovchi: — Bo‘lib turadi... Men esa hamyonimni uyda unutibman, - degan ekan.
Ikki soat oldin yangi telefon topib oldim. Hech kimga raqamini berishga ulgurmadim-u, lekin kimdir tinimsiz qo‘ng‘iroq qilib jonimga tegdi. Meni yangi telefonimga qo‘ng‘iroq qilishni bas qiling!
Kobra ilon o‘zini bolasiga debdi: — Bizni zaharimiz judayam kuchli. U istagan mavjudodni o‘ldiradi. Bolasi debdi: — Oyi, unda men o‘ldim! Hozirgina tilimni tishlab oldim.