Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Kobra ilon o‘zini bolasiga debdi: — Bizni zaharimiz judayam kuchli. U istagan mavjudodni o‘ldiradi. Bolasi debdi: — Oyi, unda men o‘ldim! Hozirgina tilimni tishlab oldim.
Ovchilar bir-biriga o‘ljasini maqtana boshlashibdi: — Katta ayiq ovladim, - debdi yosh ovchi. — Qanday ovlading? - so‘rabdi ovchilar undan. — Birinchi o‘qni otdim, tegmadi. Ikkinchi o‘qni otdim, yana tegmadi. Uchinchi o‘qni ham otdim. U ham tegmadi, - debdi. — Unda qanday qilib ayiqni o‘ldirding? - deyishsa, yosh ovchi: — Ayiq kulaverib o‘zi o‘lib qoldi, - dermish.
Karantin davrida insonlar kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va o‘z ustida ishlashi uchun vaqtlari yo‘qligi bor-yo‘g‘i ularning bir bahonasi ekanini isbotlab berdi.