Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikkita kayfi oshib qolgan ulfatlar yarim tunda uyga qaytayotib biri debdi:
— Garov o‘ynaysanmi? Hozir meni xotinim eshikni “Jonim” degan so‘z bilan ochadi.
Ikkinchisi:
— Nimalar deyapsan? Sen o‘lgudek mastsan! Yarim tunda uyga qaytyapsan? Qanaqasiga xotining “Jonim” desin!?
— Hozir ko‘rasan! – debdi-da, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosib debdi:
— Eshikni och jonim...
Xotini bo‘lsa:
— Jonim?! Hozir ta’ziringizni beraman! – deb eshikni ochgan ekan.
Haydovchilik guvohnomasini olishga imtihon ketmoqda:
— Ayting-chi, chorrahaning bir tarafida avtobus, bir tarafida yuk mashinasi, yana bir tarafida esa mototsikl turibdi. Qaysi biri birinchi bo‘lib chorrahani kesib o‘tadi?
— Taksichilar kesib o‘tadi.
— Nima? Taksi qayerdan kelib qoldi?
— Hech qaysi haydovchi bilolmayapti bu taksilar qayerdan kelib qolayotganini!
Ko‘chat bozorini aylanib yurgan xaridor sotuvchidan so‘rabdi:
— Bu daraxtingiz 3 yilda olma beradimi?
— Yo‘q, - debdi sotuvchi.
— 5 yilda beradimi? – so‘rabdi yana xaridor.
— Yo‘q, - debdi yana sotuvchi.
— Unda nyechi yilda olma beradi? – desa, sotuvchi:
— Hech qachon olma bermaydi! Axir bu behi-ku! – degan ekan.
Bir odam do‘stidan qarzga pul so‘rabdi.
Do‘sti unga:
— Pulni nima qilasan? – desa, haligi odam:
— Davolanaman. Tilim sinib qoldi. Tilimni gips qildirishim kerak, - dermish.
Juda ayyor o‘g‘ri birovni xonadoniga o‘g‘rilikka kirgan ekan, uy egasi kelib qolibdi. O‘g‘ri kiyim shkafiga kirib, berkinib olgancha yarim tungacha yotibdi. Yarim tunda uy egasi uxlab yotganida sekin shkaf eshigini ochib qarasa hech kim yo‘q. Qimmatbaho shubani olib sekin chiqib ketayotgan mahal uy egasi ko‘rib qolibdi.
— Hoy to‘xta! Kimsan? Qayoqdan chiqding? – debdi.
O‘g‘ri:
— Menmi? Kiyim yeydigan kuyaman. Shkafdan chiqdim, - debdi.
Uy egasi:
— Shubani qayoqqa olib ketyapsan? – desa, o‘g‘ri:
— Uyda yeyman, - deb javob bergan ekan.
Bir tadbirkor yigitning sevgan qiziga aytgan so‘zlari:
“Sog‘lom inson yuragi nechi pul turishini bilasanmi?!
Men ahmoq sen noshukurga yuragimni “shundoq” berib o‘tiribman-a!!!”.