Kambag‘allikning 3 bosqichi bo‘ladi. Bular: 1. Nonga ham pul qolmadi. 2. So‘m umuman qolmadi. 3. To‘yga deb yig‘gan dollardan maydalashni boshlash kerak.
Favqulotta vaziyatlar vazirligi (MCHS) fuqarolarning telefonlariga SMS yuborish bo‘yicha rekordni Koronavirus tufayli Sog‘liqni saqlash vazirligiga (SSV) topshirdi.
Bir qiz kursdosh dugonasiga gapirib beryapti: — Kecha yigitim bilan aylanib yursak, uni avvalgi sevgan qizi uchratib qoldik. U qiz menga qarab “Mendan nimasi ortiqcha buni?” desa bo‘ladimi! Dugonasi qiziqib: — Xo‘sh? Sen nima deding? – so‘rabdi. — O‘ylab o‘tirmay yigitimni ko‘rsatib “mana nimam ortiqcha” dedim.
Boyib ketish niyatida tadbirkor bo‘lishni reja qildim. Biznes reja ham ishlab chiqdim. Keyin bilsam, soliq kodeksida men uchun rejalar allaqachon yozib qo‘yilgan ekan.
Eng yaxshi kun – Ertaga!
Ertaga chekishni tashlayman! Ertaga sport bilan shu-ullanishni boshlayman! Ertaga diyetaga “o‘tiraman”! Ertadan o‘qishni boshlayman! ...