Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Hujjatlarini tekshirayotgan YPH xodimiga asabiylashgan haydovchi debdi:
— Tezroq bo‘lsangiz-chi! Orqamdan hamkasblaringiz quvlab kelishyapti.
10
Bir odamni mashina urib ketibdi. Vrach uni ko‘rib “Tamom” debdi.
Haligi odam boshini ko‘tarib “Men tirikman!” deb qichqirsa, xotini yoniga kelib “Tinchlaning azizim! Vrach biladimi yo siz bilasizmi!?” degan ekan.
10
Mo‘jizalar yonginamizda!
Bojxonachi do‘stim ko‘zini yumib turib 500 ming pul ishlab oldi...! Qanaqasiga?
11
— Bilasanmi do‘stim, kecha men seni xotiningni tushimda ko‘ribman.
— Xo‘sh, u senga nima deb baqirdi?
— Hech narsa deb baqirgani yo‘q...
— Unda adashibsan. U meni xotinim emas!
8
Tasavvur qiling! Agar daraxtlardan Wi-Fi tarqatilganida edi... Hamma daraxt ekishni boshlab yuborardi. Shahrimiz yam-yashil daraxtzorga aylanib, ekologik muammolardan ham xalos bo‘lar edik.
Afsuski, bu daraxt deganlari kislorod tarqatishdan boshqasiga yaramaydi-da...!!!
8
Er-xotin kechki payt salqinda ko‘chada aylanib yurishsa, oldidan qo‘shnisi chiqib qolibdi.
— Nega bir o‘zingiz yuribsiz? Xo‘jayin qani? – so‘rabdi xotin qo‘shni ayoldan.
— Erim to‘rt oyoqli do‘sti bilan birga... – debdi ayol.
— Ha, it bilan aylanib yuribdimi? – desa, qo‘shni:
— Yo‘q, yangi divan sotib olgan edik, - dermish.
12
Bir kishi ishdan qaytayotsa, uyini yonida bir lo‘lini uchratibdi. Lo‘li undan:
— Eski-tuski narsalaringiz bo‘lsa olamiz, - debdi.
Haligi kishi:
— Yo‘q! Eski narsalarimiz yo‘q! – deb uyiga kirib ketsa, birozdan kyeyin telefon jiringlabdi.
— Allo, - desa, notanish ovozda kimdir shunday debdi:
— Hovlingiz eski-tuski narsalarga to‘la ekan. O‘zingizni xabaringiz yo‘qmi!? Yig‘ishtirib olib ketdik.
12
Sex boshlig‘i ishchilaridan so‘rabdi:
— Direktor kelmadimi?
— Yo‘q, - debdi ishchilar.
— Ha mayli. Men xonamda biroz uxlab olaman.
Birozdan keyin yana chiqib so‘rabdi:
— Direktor kelmadimi?
— Yo‘q, hali kelgani yo‘q! – deb javob beribdi ishchilar.
Sex boshlig‘i debdi:
— Ha yaxshi. Men xonamga kirib uxlab turaman. Xabar olib turinglar...
Birozdan keyin direktor kelib qolibdi. Hamma ishchilar direktorga qarab:
— Qayerlarda yuribsiz?! Sizni deb 2 soatdan beri sex boshlig‘imiz uyg‘ona olmayaptilar, - dermish.
29
Saratonning issiq kunlaridan birida akula rosa chanqapti. Plyajdagi barga kirib, muzdek pivodan to‘yib ichibdi. Keyin yelkasiga sochig‘ini tashlab, cho‘milgani dengizga o‘zini otibdi.
8
— Allo, eshitishimizcha, siz ish qidirayotgan ekansiz...?!
— Ha! Siz menga ish taklif qilmoqchimisiz?
— Yo‘q. Kreditga uy taklif qilmoqchiman. Ishga joylashib olgach, shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib qo‘ysangiz...!
10