Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Sex boshlig‘i ishchilaridan so‘rabdi:
— Direktor kelmadimi?
— Yo‘q, - debdi ishchilar.
— Ha mayli. Men xonamda biroz uxlab olaman.
Birozdan keyin yana chiqib so‘rabdi:
— Direktor kelmadimi?
— Yo‘q, hali kelgani yo‘q! – deb javob beribdi ishchilar.
Sex boshlig‘i debdi:
— Ha yaxshi. Men xonamga kirib uxlab turaman. Xabar olib turinglar...
Birozdan keyin direktor kelib qolibdi. Hamma ishchilar direktorga qarab:
— Qayerlarda yuribsiz?! Sizni deb 2 soatdan beri sex boshlig‘imiz uyg‘ona olmayaptilar, - dermish.
Saratonning issiq kunlaridan birida akula rosa chanqapti. Plyajdagi barga kirib, muzdek pivodan to‘yib ichibdi. Keyin yelkasiga sochig‘ini tashlab, cho‘milgani dengizga o‘zini otibdi.
— Allo, eshitishimizcha, siz ish qidirayotgan ekansiz...?!
— Ha! Siz menga ish taklif qilmoqchimisiz?
— Yo‘q. Kreditga uy taklif qilmoqchiman. Ishga joylashib olgach, shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib qo‘ysangiz...!
Qo‘shnimnikiga kirsam, xotini qo‘y go‘shtidan sho‘rva qilgan ekan. Meni ko‘rib ensasi qotdi.
— Adasi kelaqoling, ovqat pishdi, - dedi-da, eriga bir kosada sho‘rva, bir laganda go‘sht olib kelib yoniga qo‘ydi. Qornim och, nima qilishni bilmay, ichimda “Shoshmay tur!” deb tursam, qo‘shnim:
— Go‘shtdan oling, - deb qoldi. Lagandagi go‘shtga qo‘l uzatib bir bo‘lagini tishladim-u, “Voy-dod” deb yerga ag‘anadim.
Shu payt qo‘shnim meni ko‘rib qo‘rqib ketdi-da, xotiniga:
— Sen jodugar meni zaharlamoqchi bo‘ldingmi? – deb o‘dag‘aylab quvlab ketdi.
Sekin o‘rnimdan turdim-da, sho‘rva va bir lagan go‘ shtni paqqos tushirib “Ziqna bo‘lish shunaqa bo‘ladi!” deb uyimga jo‘navardim.
Hofizlar ertalabki nahor oshidagi xizmatlariga kech qolib, mashinada shoshib toʻyxonaga ketayotishsa, orqa oʻrindiqda oʻtirgan shogirdi qoʻshiq xirgoya qilishni boshlabdi. Shunda “Sostav” boshligʻi:
— Jim ketgin, asabimni “buzmasdan”! Oʻzi kech qolib ketyapmiz, - desa, shogird:
— Ha, toʻyni egasi soʻrasa, biz bir soat oldin boshlaganmiz deymiz, - degan ekan.