Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Mashhur rasmlar ko‘rgazmasiga kirish uchun chegirma e’lon qilinibdi. Faqat ko‘zi ojizligi to‘g‘risida guvohnomani ko‘rsatib kirish talab qilinayotgan ekan.
Bir yigit do‘stidan qarz so‘rabdi: — Do‘stim, 200 ming qarz berib tur! — Mayli, oyni oxirida qaytarasan! - debdi do‘sti. — Qanaqa qilib qaytaraman. — Olganingdan keyin qaytarasan-da! - debdi yana do‘sti. — Unda oyni oxirida qarzimni qaytarishim uchun pul berib turarsan, - dermish yigit.
Talaba kafega kirib o‘tirsa, stolga qo‘yilgan tuz va murchga ko‘zi tushibdi. Ofitsiantni chaqirib: — Nimaga stolga tuz qo‘ygansizlar? – deb so‘rasa, ofitsiant: — Agar yeyayotgan ovqatingizni tuzi kam bo‘lsa solish uchun, - debdi. Talaba bo‘lsa: — Unda nega ovqat qo‘ymagansizlar? – degan ekan.
Karantinning 1 haftasida sevimli filmimni 4 ta faslini ko‘rib tugatdim. Endi ish qidirayotgan vaqtimda rezyumega "Qat’iyatlilik" va "Chidamlik" kabi xislatlarimni ham qo‘shib yozsam bo‘ladi.
Ko‘p qavatli uyda yashovchi yoshgina yigit nog‘ora sotib olibdi. Erta-yu, kech taqir-tuqur, taqir-tuqur hammaning joniga tegib ketibdi. Qo‘shnilar chiqib shikoyat qilishibdi. Foydasi bo‘lmabdi. Lekin yonginasida yashovchi qari qo‘shnisi indamasmish.
Bir kuni u ko‘chada nog‘orasini ko‘tarib uyiga kirib ketayotgan yigitni uchratib qolib unga shunday debdi:
— Sen o‘zi bilasanmi nog‘oraning ichida nimalar borligini???
Shu kundan boshlab nog‘oraning tovushi umuman eshitilmay qolgan ekan.