Ikki aroqxo‘r aroq olgani do‘konga kirishibdi. Biri ikkinchisiga:
— Ikkita olaymi yoki bittami, - debdi.
Ikkinchisi:
— Bitta olaqol. Kecha bittasi qolib achib ketdi, - debdi.
Shunda birinchisi sotuvchiga:
— Bizaga 2ta aroq bilan bitta qurt bering, - debdi.
Afandi muxbirligida maqola ketidan maqola yoza berar edi. Bir o‘rtog‘i unga bunday dedi:
— Shu yozayotgan maqolalaring qatori onanga ham bitta xat yozsang bo‘lmaydimi?
— Gonorarini kim beradi? - so‘radi Afandi.
Avtobusda:
— Kechirasiz, siz chiqasizmi?
— Odamlar turmushga chiqadi!
— Siz, shu yerda qolasizmi?
— Odamla tildan qoladi.
— Uff, shu yerda tushasizmi deyapman?
— Odamlar tug‘ilganda qorindan tushadi!
Shunda haligi odamni ketiga bir tepib, avtobusdan tushurib yuborarkan:
— Unda, tug‘ilgan kuning bilan, mijg‘ov! - dermish.
Ishga qabul qilish uchun suhbatda:
– Inglizchani bilasizmi?
– Ha, lug‘at bilan gaplasha olaman.
– Odamlar bilan gaplashishni o‘rganganingizda kelarsiz.
Xotinjon, meni kechir. Senga ko‘p azob berdim. Mendan rozi bo‘l.
Xotin:
— Roziman dadasi, roziman!
Er:
— Ayniqsa bir voqeani senga aytmasam bo‘lmaydi. Qo‘shnimiz Oysanam borku? O‘sha bilan yurardim — desa.
Xotini:
— Bilaman dadasi, bilaman! Shuning uchunam sizga zahar berdimda — dermish.
Bir kuni Shumbola ashula xirgoyi qilib ketayotgan ekan:
— "Daryoyo. To‘lqiin, suvlaar toshqin, o‘toooolmayman-o.o.v.v... - desa
Yonida o‘tib ketayotgan kishi:
— 50 metr nari yursangiz, ko‘prik keladi ukam, - dermish
Doktor bemorga:
— Tabriklayman ichingizda jon paydo bo‘libdi.
— Doktor, nimalar deyapsiz?
— Men homiladorlikni nazarda tutmayapman, gijjalaringizni aytayapman.
Bir kuni Xoshimjon sehrli qalpoqchaga qarab o‘pkalanib:
— Seni kiyib Amerika ochmoqchi bo‘libman-a. Ee, qo‘ye-ye, - desa
Sehrli qalpoqcha ham bo‘sh kelmay:
— Men ham meni Amerika ochadigan kalla kiyadi, deb o‘ylapman-a, e, bor-yeye, - dermish.
Imtihon auditoriyasiga 5ta telefon, 4ta shpargalka, 10ta ruchka-skaner va bitta O‘zbekiston milliy ensiklopediyasini yashirincha olib kirgan Pismiqjon Itbilmasov Bojxona Institutiga imtihonsiz qabul qilindi.