Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Imtihon auditoriyasiga 5ta telefon, 4ta shpargalka, 10ta ruchka-skaner va bitta O‘zbekiston milliy ensiklopediyasini yashirincha olib kirgan Pismiqjon Itbilmasov Bojxona Institutiga imtihonsiz qabul qilindi.
115
Bir arab shayxiga qon quyish kerak bo‘lib qolibdi. Uni qoni juda kamyob ekan, o‘xshashini bir yahudiydan topishibdi. Yahudiy rozi bo‘libdi, uni qonini shayxga quyishibdi.
Shayx yahudiyga qon bergani uchun mashina va uy sovg‘a qilibdi. Bir yildan keyin shu hol qayta takrorlanibdi.
Yahudiy xursand bo‘lib qon beribdi. Shayx unga bir korobka pechene sovg‘a qilibdi. Yahudiy hayron bo‘lib:
— O‘tgan safar menga mashina va uy sovg‘a qilgandingiz-ku?
Shayx:
— U paytda menda yahudiylar qoni oqmayotgandi-da
125
Vrachlar jinnixonaga malibuning rasmini ilib qo‘yishibdi, hamma jinnilar: u meniki, yo‘q meniki deb talashayotganmish, shunda bir jinni chetda indamay o‘tirganmish. Vrachlar:
— Sen nimaga talashmayabsan, desa
— Kaliti menda, mashina qayoqqa borardi, dermish.
127
Barmen oldida bo‘sh stakan turgan, shirakayf mijozning oldiga kelib:
— Stakaningiz bo‘shab qolibdi. Yana bitta xohlaysizmi?
— Ikkita bo‘sh stakanni nima qilaman?
180
Sirk direktorining telefoni jiringlabdi.
— Allo, sizlarga gapiradigan ot kerakmi?
Direktor jahli chiqib telefonni qo‘yibdi. Telefon yana jringlarmish:
— Allo, sizlarga gapiradigan ot kerakmi?
Direktor yana trubkani qo‘yib qo‘yibdi. Yana qo‘ng‘iroq:
— Menga qara noinsof! Menga tuyoqlarim bilan raqam terish oson deb o‘ylayapsanmi?
198
— Toshmat, o‘lishingga bir baxya qolibdi deb eshitdim?
— Ha, tasavvur qilgin-a, Eshmat, butun hayotim ko‘z o‘ngimdan birma-bir o‘tdi... Shuning uchun qarzlarimni yigib chiqayapman, yana unutib yubormaslik uchun. O‘n besh yil ilgari olgan 10 ming so‘mni cho‘zib qo‘y-chi do‘st!
142
— Dada-dada! Archamiz yonib ketyapti!
— Yonmayapti o‘g‘lim, nur sochib jilolanyapti.
— Ha-a... Dada-dada, pardalarimiz ham nur sochib jilolanyapti!
150
Ikkita ishyoqmas, choyxonada ovqatlanib bo‘lib, yonboshlab suhbat quribdi:
— San kim bo‘lgin kelyapti?
— Manmi, man katta boy bo‘lsam-da, har kuni barra go‘shtdan tayyorlangan taomlar yesam...
— Sanchi?
— Man, ilon bo‘lsam deyman...
— Iye, nimaga endi ilon?
— Yoti.i.i.b yuradi-da...
110
Bir kuni Afandining choponini o‘g‘ri olib qochdi. Afandi o‘g‘rining orqasidan quvlamay to‘g‘ri qabristonga bordi-da, bir ochiq go‘r ustida o‘tirdi. Bu voqeadan xabardor bir odam Afandiga:
— Choponingizni olgan o‘g‘ri hu, u yoqqa qochdi, siz bu yerda nima qilib o‘tiribsiz?—dedi.
— Qayoqqa qochmasin, baribir axir bir kun shu yerga keladi,— dedi Afandi.
119
Qassob qorong‘u ko‘chada ishdan qaytardi. Qayerdandir bezori paydo bo‘ldi-da, yo‘lini to‘sdi.
— Pul bormi?
Qassob sekin sumkadan bolta chiqarib so‘radi:
— Pulni nima qilasan?
Bezori bosh egib dedi:
— Maydalatmoqchi edim-da aka.
109