Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Talaba imtihonda yiqitgan domlasini ko‘rib qoldi:
— Assalomu alaykum, domla!
— Men ahmoqlar bilan salomlashmayman.
— Men esa salomlashaman.
160
Alisher 5 yosh Onaci:
— Nok yeycanmi, shokoladmi?
Alisher:
— Nokolad
108
Bir odam uyiga yolg‘on gapirsa uradigan robot olib kelibdi. O‘sha kuni o‘g‘li kech kepti, otasi qayerda yuribsan, - desa.
— O‘rtog‘im bilan dars qildik, - degan ekan
Shu gapdan keyin robot bolani urib ketibdi.
Buni ko‘rgan onasi otasiga qarab:
— Bo‘ldi to‘xtating dadasi, o‘zizni o‘g‘lingiz-ku, - desa
Robot to‘xtab, onasini urib ketibdi.
111
Bir kuni soldat sahroda adashib, eshakni uchratib qolibdi.
Eshak undan:
— Sen kimsan deb so‘rasa, soldat yon atrofga nazar solib:
— Men general mayorman, - debdi.
Soldat eshakdan sen kimsan, - deb so‘rasa, eshak ham yon atrofga qarab:
— Men otman, - dermish
115
Bir afandi mendaka boshqa afandi yo‘q bo‘lsa kerak deb o‘ylab turganida, yonidan bir avtobus afandilar o‘tib ketibdi.
162
— Nega "zaparoj”ning orqa oynasi isitiladi?
— Itarganda qo‘llar sovuq qotmasligi uchun!
115
Er uyga kelsa xotini qip-yalang‘och yurganmish.
Er:
— Xotin, shkaf to‘la kiyimlaring bo‘lsa, har oy senga 1-millionlik ustbosh olib bersam, deb borib shkafni ochib:
— Mana Hindistondan kelgan djempering, mana Dubaydan kelgan ko‘ylaging, mana Turkiyadan kelgan ko‘ylaging, mana.... iye Ahmad bu yerda nima qilyabsan qochib tur, mana Yaponskiy ko‘ylaging.... - dermish.
119
Ikki ayolning "Korzinka" supermarketidagi suhbatidan:
— Bilasanmi Maryam, sotuvga qo‘yilgan bir tog‘ yuvish vositalaridan qay birini olishni bilmay, boshim qotib qoldi. Sen polni yuvish uchun nimadan foydalanasan?
— Erimdan-da. Bilasanmi, natijasi zo‘.o‘.r!
111

— Bekor ichishni tashlabmizda, shunaqayam xumori tutyaptiki...
— Kel senga topishmok aytaman, topa olsang, ichamiz, topa olmasang, ichmaymiz
— Ayt!
— Botqoqda yashaydi, vaq-vaq deb sayraydi, boshi QUR oxiri BAQA. Qani top-chi bu yashil jonivorning nomi nima?
— Jirafa!
— E, kallangga qoyil! Topding!
129
Uchta yigit uylanibdi. To‘ydan bir haftadan keyin yig‘ilishibdi:
Birinchi uylangani Malibu haydab kelibdi. Ikkinchisi yangi uyli bo‘libdi. Uchinchisidan:
— Senga nima olib berdi qaynotang deyishsa:
— Meni xotinim qiz bola chiqdi, - debdi.
127