Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Xamedov, darsingni tayyorladingmi? — Yo‘q ustoz. — Nimaga tayyorlamading? — Kecha akam 15 yil deganda qamoqdan chiqdilar. — Meni qo‘rqitma! O‘tir, 5!
Xotini eriga qarab debdi:
— Kechirasiz dadasi, sizni bilmay “sensirab” yuboribman.
Eri:
— Xijolat bo‘lma xotin. Men ham seni bir martta “sizlab” olaman, oramiz ochiq bo‘ladi, — degan ekan.
Ikkita yosh qiz kafega kirib ofitsiantga deyishibdi:
— Bizga ichishga 2 ta kafe olib keling.
Ofitsiant:
— Sizlarga kofe olib kelishim mumkin, lekin kafeni olib kela olmayman.
— Yo‘q! Bizlarga kafe olib keling!
— Yaxshi qiz sizlarga kafeni berib yuborsam, keyin men qayerda ishlayman? – degan ekan ofitsiant.
To‘lqin:
— Akobir, senga nohush xabar aytmoqchiman: Sen oxirgi paytlarda qandaydir g‘alatiroq bo‘lib qolgansan.
Akobir:
— Ho‘sh, qanaqa xabar aytmoqchisan?
Mahalladan o‘tib ketayotgan qizga ko‘chada turgan ayollar debdi:
— Kecha seni kuzatib kelgan yigit yaxshi yigit emas!
— Nega unaqa deyapsizlar?
— Kecha ko‘rdik, seni kuzatib bo‘lgach, sigaret chekdi... Bu yomon odat!
— Sizlarga o‘xshab g‘iybat qilish yaxshi odatmi? Undan ko‘ra sigaret chekkaningiz yaxshi edi!