Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Podsho qalandar libosida yo‘lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg‘otdi.
— Ha, nima deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do‘q qila boshladi Afandi.
— Birodar, sen yaxshi kishiga o‘xshaysan, bir narsa so‘ramoqchi edim, shuni aytib bergin.
— Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi:
— Qani, so‘ra-chi, nima demoqchisan?
— Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt.
— E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo‘r, zolimki...— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo‘ldi:
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Men Podsho bo‘laman.
Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi:
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Men shu shaharning jinnilaridan bo‘laman. Har oyda uch kun jinni bo‘laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun.
— Amaldor bilan pashshaning nima farqi bor? — Bilmadim... — Hech qanday farqi yo‘q! — Nimaga? — Ikkalasini ham gazeta bilan urib "tamom" qilsa bo‘ladi.
Haydovchilik guvohnomasi olishga imtihon topshirib kelgan xotinidan eri so‘rabdi: — Xo‘sh, nima bo‘ldi? Topshirdingmi? — Yo‘q! - debdi xotini. Eri: — Qovun tushurdingmi? - desa, xotini: — Qovun emas, daraxt tushdi. Mo‘rt ekan, mashinam tegib ketgandi, tushib ketsa bo‘ladimi? - debdi.