Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Uylangan yigit bo‘ydoq do‘stiga debdi:
— Shuncha yil yashab, sutni muzlatgichga noto‘g‘ri qo‘yish mumkinligi haqida bilmagan ekanman.
96
Kechagina uylangan yigitning xursandchiligi ichiga sig‘may, tog‘larga chiqib baqira boshlabdi:
— Men baxtliman!
— Men baxtliman!, - degan sado qaytibdi.
— Men uylandim, - deb baqiribdi yana yigit.
Tog‘lardan esa:
— Battar bo‘l!, - degan sado qaytgan ekan.
123
Afandi bozorga eshagini olib borib, dallolga berdi. Bir xaridor uning tishini ko‘rmoqchi bo‘lgan edi, eshak xaridorning qo‘lini tishlab olibdi. Xaridor qo‘lini ushlaganicha ketvaribdi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, ikkinchi xaridor kelib, u ham eshakni silab ko‘rmoqchi bo‘lgan edi, eshak uni tepib yubordi. Bu xaridor ham oqsoqlanib ketib qolibdi. Dallol Afandining oldiga kelib g‘azab bilan:
— Eshagingizning fe’li yomon ekan. Oldidan kelganni tishlaydi, orqasidan kelganni tepadi. Bu eshakni birov tekinga ham olmaydi, - desa,
— Eshakni men bu yerga sotgani olib kelganim yo‘q, - dedi afandi, — uning menga ko‘rsatgan azobini boshqalar ham tatib ko‘rsin, - deb olib kelgan edim.
103
Ota-onalar farzandlarini birinchi sinfga tayyorlashmoqda. Harajatlari esa go‘yoki turmushga berayotganga o‘xshaydi-ya!
122
Bir kuni afandi ko‘chada ketayotsa, yo‘l chetida hamyon yotganmish. Hamyonni olib uch martta "kimniki?" debdi. Ichini ochib qarasa, anchagina pul bor ekan. Pullarni olib, cho‘ntagiga solsa, hamyonda ko‘zguyam borakan. Unga qarab, o‘z aksini ko‘ribdi-da:
— Iye, aka hamyon siznikimidi? Uzr, - debdi-da, pullarni qaytarib solib, hamyonni yerga tashlab ketgan ekan.
94
Bemor kasallik varaqasini vrachga berdi. Vrach uni varaqlab:
— Ishlar chatoq, ahvol og‘irga o‘xshaydi. Shu yoshda ham shunchalik bo‘ladimi?
Bemorning rangi oqarib, qo‘rqib so‘radi:
— Doktor, ahvolim judayam yomonmi?
— Ha, ko‘zoynaksiz o‘qiy olmayapman...
126
— Har qanday qiyinchilik ertami, kechmi tugaydi. Ishonavering.
— Buni qarang-a, toza optimist ekansizmi..
— Yo‘g‘-ye, men qabristonda qorovul bo‘lib ishlayman
112
Donishmandga savol berishibdi:
— Nega, ko‘pincha ayollarning boshi og‘riydi?
Donishmand javob beribdi:
— Kuchsiz erkaklarning ayollarini boshi og‘riydi, kuchli erkaklarning ayolini boshi aylanadi!
114
O‘rmonda e’lon qilinibdi: "Kimda kim filni qimirlatsa, unga yuz ming so‘m yutuq bor", deyilibdi.
Shunda quyon kelibdi-da, filni orqa tarafidan kelib, ikki oyog‘ining o‘rtasiga bir tepibdi.
Keyin yana e’lon berilibdi: "Kimda kim filni kallasini qimirlatsa, yuz ming so‘m yutuq bor".
Shunda quyon kelibdi-da, filning qulog‘iga:
— Kechagiday yana tepaymi? - debdi
Shunda fil:
— Yo‘q, - deb kallasini qimirlatibdi.
147
Afandi eshagini haydab, bog‘iga ketar edi. Yo‘lda hazilkashlaridan biri hamroh bo‘lib so‘radi:
— Ikkalangiz shoshilib qayerga ketayapsiz?
— Mana, hozir ikkalangiz barobarlashdingiz, - dedi Afandi u bilan eshak orqasidagi masofani ko‘rsatib, - bir oz turib do‘stlashib ketasiz, o‘zidan so‘rang, qayerga borishini aytib beradi.
138