Afandi ko‘za ko‘tarib suvga ketayotgan o‘g‘lining yuziga bir tarsaki urib: “Ko‘zani sindirma” dedi.
— Bu nimasi,— dedi xotini,— ko‘zani sindirmasdan turib nega urasiz?
Afandi javob berdi:
— Sindirgandan keyin urishning nima foydasi bor, hozir ehtiyot shart-da.
Dugonam bilan uni uyida kechgacha gaplashib o‘tirdik. Hech qanday ish qilmadi. Eri ishdan kelishiga yarim soat qolganda muzlatgichdan do‘kondan xarid qilgan tayyor chuchvarani oldi-da, oshxonadagi stolga ozgina un sepib chuchvaralarni terib chiqdi. Birozdan keyin eri ishdan qaytdi. "Azizim! Siz yaxshi ko‘rgan chuchvarani tugib qo‘ydim. Hozir pishiraman!" - desa bo‘ladimi...?! Kim aytdi sizga uyda o‘tirgan ayollar ko‘p ish qiladi deb? Unda bu nimasi?!
25 yoshli yigit do‘stiga maqtanib debdi:
— Ishonasanmi? Bir oy avval yasashni boshlagan pazlni kecha tugatdim.
— Hazllashyapsanmi?! Axir shunchalik ham sekin yasaysanmi?
— Nimasi sekin!? Pazlni qutisida 3-6 degan yozuvlar bor edi-ku! Demak men tez yasaganman.
Qizni otasi yigit bilan uchrashib, bolani xunukligini ko‘rib debdi:
— E, qizimga hayronman. Seni nimang yoqdi ekan unga?!
Yigit:
— Plastik kartochkamni ko‘rsatganim ma’qulmi yoki naqd puldami? – dermish.
Uchta dugona suhbatlashib o‘tirishsa, birinchisi:
— Erim menga eng zo‘r televizordan olib berdi. Uyda yangi filmlarni ko‘rib o‘tiribman, - debdi.
Ikkinchisi maqtanib:
— Meni erim esa iPhone7 olib berdi. Uyda o‘tirib, kamera orqali erim bilan gaplasha olyapman, - debdi.
Uchinchisi esa:
— Erim meni kinoteatrlarga olib boryapti. Suhbatlashib, sayr qilib yuribmiz. Demak, meni ko‘chada olib yurishga uyalmayapti, - dermish.