Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Mast odam qo‘shnini uyini taqillatayapdi:
— Xotin och eshikni, eshik ochilmagach yana taqillatib, — Och eshikni, ichsam pulimga ichamanda - desa
Sekin eshik ochilib qo‘shni chiqibdida,
— Borsang o‘zingni uyinga borda - debdi.
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, dugonajon, doktor kecha menga xushxabar aytdi — men homilador ekanman!
— Tabriklayman! Sen endi bo‘lajak farzandingga ism topish bilan ovorasanmi?
— Yo‘q, hozircha... Otasining ismi ustida bosh qotiryapman!
Yangi kelin kuyovga:
— Nuqul dadam bilan karta o‘ynaganingiz o‘ynagan-a!.. Ora-sirada, hech bo‘lmasa, bir marta men tomongayam qarab qo‘ysangiz, kamayib qolasizmi?
— Menga qara, biz dadangnikiga bekorga kelganimiz yo‘q-ku, axir!.. Senga qarayversam, mashinaga pulni qanday yig‘ib olamiz?
Bir chol kampiri bilan bozorga boribdi.
Chol: — Senga o‘zim bir bosh oyoq kiyim oberay.
Kampir — Hop, dadasi.
Chol sotuvchi juvonni oldiga borib:
— Qizim bu ko‘ylaklaring necha pul?
Sotuvchi: — 30 000
Chol: — Ha, yaxshi. aaa, bu lozimingchi?
Sotuvchi: — 40 000
Chol: — Exe, bu qizim qimmat aytdinku. Qizim bunday qilamiz ko‘ylaging yaxshi ekan, mayli ko‘ylagingni ko‘taramiz, lozimingni tushiramiz. Qanchaga byerasan?
Shunda kampir:
— Hay, yashamagur chol-a
Bir kuni yalmog‘iz poyezd yo‘lida ketayotgan ekan. Poyezd «signal» chalibdi. Shunda yalmog‘iz:
— Aqli "normalniy" qizlar bolalar hushtak chalsa qaramaydi - deb, «dalshe» ketibdi.
Er uyiga xursand kelib qichqiribdi:
— Xotin, narsalaringni yig‘ishtir, men bir million dollar yutib oldim!
Xotini ham xursand bo‘lib shoshib qolibdi:
— Qayerga boramiz? Yozgi kiyimlarimni olaymi yoki qishkilarinimi?
— Hamma narsalaringni yig‘ishtir, - dedim senga. Yig‘ishtir va ko‘zimdan yo‘qol.
Bir odam kechki ziyofatdan mast bo‘lib kelib uxlab qolibdi. Ertalab derazasi taqqillarmish. O‘rnidan turib mastlikda deraza deb ko‘zguni oldiga borib:
— Senga nima bor? Bor yo‘qol alkash, - dermish.
Afandi bilan Vali bir boynikiga ziyofatga borgan ekan. Ziyofat chog‘ida Afandi ko‘z qiri bilan Vali tomon qarasa, Vali sekin tilla qoshiqni kostyumining ichki cho‘ntagiga solayotgan ekan.
Afandi biroz fursat o‘tkazib, o‘rtoqlar "men fokus ko‘rsatmoqchiman", deb hammani o‘ziga qaratib, davom etibdi:
"Hozir mana bu qoshiqni shundoq cho‘ntagimga solib, Valini cho‘ntagidan chiqarib beraman", - degan ekan.
Qiz onasi bilan doktorga boribdi. Doktor qizga:
— Yechining, tekshiramiz, - desa
Qiz:
— Men emas, oyim kasal, - desa
Doktor:
— Qani opajon og‘zingizni ochib: "A-A-A" - dengchi dermish.