Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Messi bilan Ronaldo gaplashib qolishibdi.
Messi:
— Meni bir nechta kuboklarim bor, - debdi.
Ronaldo esa:
— Menda esa, O‘zbekistondagi “Ummon” guruhini dastxati bor, - degan ekan.
Biri maqtanchoq boshqasi esa kamtar bo‘lgan ikki do‘st suhbati. Maqtanchoq kerilib gap boshladi:
— Vanihoyat iPhone 8 oldim. Telefonmisan telefon ekan!
Funksiyalari dahshat!
— Tabriklayman do‘stim!
— Ishonasanmi, ko‘chada, ishxonada, transportda hamma menga qaraydi... Seni esa yurishingni qara!? Xitoyliklarni matohini tutib...! Gadoymisan nima balo?!
— Nasib qilgani shu ekanda...
— Mayli siqilma, zo‘r bo‘ladi hali. Ha, aytgancha, do‘stim, maoshgacha ozgina qarz berib turolmaysanmi???
Poyezdda ketayotgan yo‘lovchi ehtiyotsizlik qilib, kupe eshigini qattiq yopib yuborgan ekan, soqov yo‘lovchining qo‘lini siqib qo‘yibdi.
Natijada esa, soqov odam:
— Voy dod!, - deb baqirib yuboribdi ...
Afandining xotini o‘lib, bir tul xotinga uylandi. Bu xotin bo‘lar-bo‘lmasga janjal ko‘tarar...
— O‘lgan erim undoq edi, bundoq edi, — deb yig‘lar edi.
Afandi bir kuni undan balandroq ovoz chiqarib yig‘ladi. Xotin hayron bo‘lib so‘radi:
— Men-ku o‘lgan erimni eslab yig‘layapman, siz nega yig‘laysiz?
Afandi piq-piq yig‘lab turib javob berdi:
— Agar o‘sha sho‘rlik ering o‘lmaganda, sen tul qolmagan bo‘lar edingu, myen senga uylanmagan bo‘lar edim...
Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o‘qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik pop Sulton Abdulmutalib jahonga mashhur bo‘lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan:
Afandi taajjublanib shayxdan so‘radi:
— Uch yoshida o‘lgan bola qanday qilib jahonga mashhur bo‘ladi?
Shayx javob berdi:
Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini xursandchilik bilan o‘tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat qilganlar.
— Agar shunday bo‘lsa,— dedi Afandi,— men o‘lganimda qabrimga lavha tosh qo‘yiladigan bo‘lsa, unga: «Mulla Nasriddin tug‘ildi-yu o‘sha zamoni o‘ldi» deb yozilar ekan-da!
Podsho Afandiga buyurdi:
— Mana bu otga minib, egardan tushmasdan hokimni aytib keling! Afandi otga minib, hokimning uyiga bordi, devordan qarasa, hokim mehmonlari bilan palov yeb o‘tiribdi. Afandi darhol otdan tushdi-yu, egarni otdan oldi, egarni minganicha hokimning hovlisiga kirdi. Hokim buni ko‘rib: Bu qanaqasi?—deb so‘radi.
— Podshoning amri shu,— dedi Afandi.
Afandi egardan tushmasdan turib, palovdan to‘yib yegach podshoning amrini hokimga aytdi. Hokim Afandidan koyidi:
— Shu gapingizni avval aytsangiz bo‘lmasmidi, bu aqlni sizga kim o‘rgatdi?
Afandi javob berdi:
— Osh o‘rgatdi, begim, osh!