Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Otaxon, yuz yoshdan oshibsiz. Buni siri nimada?
— Buni siri - umrimda hech kim bilan tortishmaganman, garov o‘ynamaganman.
— Yo‘g‘eyeye, bo‘lishi mumkinmas...
— To‘ppa-to‘g‘ri, bo‘lishi mumkinmas!
Olmani “qars” etib tishlasangiz, ichida qurt sizga qarab turgan bo‘lsa yomon. Agar olmani “qars” etib tishlasangiz, ichida yarimta qurt turgan bo‘lsa undanam yomon.
Juda rashkchi xotin eri o‘ziga kotiba qidirilayotganini bilib qolibdi: — Yosh va chiroylisini olmang! Iloji boricha xunuk, qari va semiz kotiba tanlang! - desa, eri: — Bo‘pti! Dushanbadan o‘zing ishga chiqaver, - dermish.
Bir erkak bozorga borib tarvuz sotib olmoqchi bo‘libdi. Bitta tarvuzni chertib ko‘ribdi, ikkinchisini chertib ko‘ribdi, uchinchisini... Bir payt xotini shang‘illab: — Dadasi, bo‘ldi-da endi, uyg‘oning! Boyadan beri boshimga chertaverib xunob qildingiz-ku! - degan ekan.
Bir mast kishi militsiyaga telefon qilib:
— Manavi yerda 300 ta odam o‘lib yotibdi, - debdi.
Militsiya:
— Tez manzilni ayting! – desa, mast kishi:
— Shahar qabristonida, - dermish.
Vodiydan Toshkentga birinchi martta mehmon bo‘lib kelayotgan uch kampir mashinada dovon (pereval)dan o‘tib kelayotishsa, haydovchini hazil qilgisi kelib qolibdi:
— Onaxonlar, hozir tepalikka, farishtalarga yaqin joyga chiqib boramiz. Kim-da kim choliga xiyonat qilgan bo‘lsa, quloqlari bitib, hech narsani eshitmay qoladi, - debdi.
Kampirlarni quloqlari bitib qola boshlabdi. Shunda kampirlardan biri debdi:
— Juda ko‘p xiyonat qilgan bo‘lsa kar bo‘lib qolmaydimi ishqilib?!
— Eshitdingmi? Endi korrupsiyaga qarshi kurash emas, jang olib borilarkan...
— Ha! Jangda qurbonlarning mulklari jangchilarga qolib ketishini ham bilasanmi?!
Ikkita qiz bodring sotib olayotib gaplashib qolishibdi.
— Yeyishga ham olamizmi?
Shunda sotuvchi hayron bo‘lib:
— Qizim, bodringni yemasdan yana nima qilasizlar? – desa, qizlar:
— E, amaki qizig‘misiz!? Biz har doim bodringdan yuzimizga niqob tayyorlaymiz, - deyishgan ekan.