Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Afandi "Bugun osh qilaman" degan hayol bilan go‘sht, sabzilarni to‘g‘rab, qozon osibdi. Qarasa, guruchi qolmagan ekan. O‘ylab-o‘ylab ro‘parada yashovchi beva ayoldan so‘rashga qaror qilibdi. Qo‘lida kosa bilan chiqib, qo‘ng‘iroqni bosib, o‘ylanib qolibdi Afandi:
"Hozir men guruch so‘rasam, bu ayol menga "osh qilyapsizmi" deydi. Men uni mehmonga chaqirishga majbur bo‘laman. Osh bahona men bilan tanishib olib, keyin undan qutulolmay yursam-chi?!" deb hayol surib turgan ekan, eshik ochilib qo‘shni ayol chiqib qolibdi. Afandi bo‘lsa ayolga qarab:
— E, guruching boshshingda qolsin, - dermush.
Bir kun ikki do‘st uchrashib qolishibdi.
— Do‘stim, nega ko‘zing ko‘kargan?
— E, ko‘rmaysanmi!? Sport bilan shug‘ullanay deb, tosh ko‘tarishga borgandim. Bir baquvvat sportchi tosh ko‘tarayotgan ekan... Shuni tamosha qilib turgandim...
— Sportchini qo‘lidagi tosh seni ustingga tushib ketdimi?
— Yo‘k!
— Unda nega ko‘zing ko‘kargan?
— Haligi sportchini ustidan kulib yuboribman...
— Haqiqiy sevgi bor narsa!
— Bo‘lmagan gap!
— Hechamda. Mana qo‘shnimiz Natashaxon. Haqiqiy muhabbat timsoli. Sevgi nimaligini biladi!
— O‘lsin Natashaxoning sevgi timsolimush. U to‘rt marta erga tekkanku! Qayerdan bilsin sevgi nimaligini!
— Biladi, chunki to‘rt marta erga tekkan bo‘lsa ham o‘ynashi hali ham bitta odam!
Bitta abituriyent tayyorgarlik ko‘rmasdan imtihonga kiribdi. Umuman hech narsani bilmas ekan. Huddi test savollarini ishlayotgandek o‘tiraveribdi. Qarasa, yonida bir yigit o‘zini variantini ishlab bo‘lib, o‘tirgan ekan. Haligi abituriyent asta turtib, shivirlabdi:
— Iltimos, meni testimni ham ishlab ber! Qancha so‘rasang beraman!, - degan ekan, haligi yigit unga uchta barmog‘ini ko‘rsatibdi.
— Roziman!, - degan ekan, darrov uni masalalarini ham javoblarini topib tashlabdi.
Imtihondan chiqgach, — Qancha beray? - deb, hozir yoki uch yoki o‘ttiz million so‘rasa kerak deb ichida o‘ylanib tursa, boyagi yigit:
— Ertalab imtihonga kech qolmaslik uchun taksida kelgandim. Uyga ketishga pulim qolmadi, uch ming so‘m ber!, - dermish.
Yangi yilda yigitining oldiga ketayotgan qiz "qorqiz bo‘lib boraman", deb magazinga kiribdi.
— Qorqizning kiyimi qancha turadi?
— 500 000 ming.
— Qimmat ekan. "Zolushkaning" kiyimi qancha turadi?
— 800 000 ming.
— Qimmat ekan, anuv yalmog‘iz kampir kiyimi qancha turadi?
— U kiyim emas, oyna.
Sud zalida: — Gumonlanuvchi, nima uchun siz cho‘kayotgan xotiningizni qutqarishga harakat qilmadingiz? Erkak javob beryapti: — Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirayotgandi...!
Tug‘ruqxonada: Vrach: — Kimni chaqalog‘i yarim soatdan beri yig‘lab yotibdi? Hamshira: — Chaqaloq emas, ertalab tug‘ilgan uchta egizakni otasi yig‘lab o‘tiribdi.
Bezori yigit ko‘chada tursa, yoniga bir duduq odam kelib: — K-k-kechirasiz, du-duduqlar mak-maktabi qa-qayerda? - desa, bezori: — Boshingga urasanmi duduqlar maktabini!? Shundoq ham tayyor ekansan-ku! - debdi.