Maktabdan qaytgan oʻgʻil adasi gap boshlabdi:
— Sinfimizdagi Sarvarni adasi har kuni maktabdan olgan baholari uchun unga pul berar ekan. Masalan, “5” bahoga 1000 soʻm, “4” baho olsa – 500 soʻm, “3”ga 200 soʻmdan. Agar “2” olib kelsa, Sarvar yigʻgan pullaridan 1000 soʻm jarima toʻlashiga toʻgʻri kelarkan.
— Hoʻsh, doʻsting ancha pul yigʻibdimi?
— Qayoqda... Qarzlarini toʻlash uchun yakshanba kunlari paxta terimiga chiqyapti.
Bir yigit tanishgan qiziga shunday debdi.
— Siz menga turmushga chiqsangiz, boshimda ko‘tarib yuraman. Osmondagi oyni, yulduzlarni sovg‘a qilaman...
She’rlar aytib, qo‘shiqlar kuylayman, - desa,
Qiz:
— Pul-chi, pul!? Pulingiz umuman yo‘qmi? - degan ekan.
Ikki dugona suhbatidan:
— Kecha erim bilan hazillashib, holatini tomosha qilish niyatida ko‘ylagining yelka qismiga lab bo‘yog‘ini surtib, rashk janjalini ko‘tarmoqchi bo‘ldim.
— Xo‘sh? Qalay chiqdi haziling?
— Hazil deysanmi? Qilmishiga iqror bo‘ldi!
— Odnoklassnikiga kirib, o‘zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim.
Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o‘tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz.
Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O‘zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...?
Bir qari badavlat odam kechqurun uyiga qaytsa, xizmatkori:
— Ha, qari to‘nka! Qayerlarda yuribsan?!, - desa, boy pinagini buzmay:
— Qulog‘imga eshitadigan apparat sotib olgani borgandim, - dermish.
Bitta abituriyent tayyorgarlik ko‘rmasdan imtihonga kiribdi. Umuman hech narsani bilmas ekan. Huddi test savollarini ishlayotgandek o‘tiraveribdi. Qarasa, yonida bir yigit o‘zini variantini ishlab bo‘lib, o‘tirgan ekan. Haligi abituriyent asta turtib, shivirlabdi:
— Iltimos, meni testimni ham ishlab ber! Qancha so‘rasang beraman!, - degan ekan, haligi yigit unga uchta barmog‘ini ko‘rsatibdi.
— Roziman!, - degan ekan, darrov uni masalalarini ham javoblarini topib tashlabdi.
Imtihondan chiqgach, — Qancha beray? - deb, hozir yoki uch yoki o‘ttiz million so‘rasa kerak deb ichida o‘ylanib tursa, boyagi yigit:
— Ertalab imtihonga kech qolmaslik uchun taksida kelgandim. Uyga ketishga pulim qolmadi, uch ming so‘m ber!, - dermish.
Kasalxonada yo‘lagida bir odam qattiq hayajonda, u yoqdan-bu yoqqa yuribdi. Xotinini operatsiya qilgan vrach chiqib, g‘amgin holatda gap boshlabdi:
— Xotiningizni hayotini saqlab qoldik. Lekin u komada. Yaxshi parvarish qilsangiz, yana o‘n yil yashashi mumkin.
Vrach eriga qarasa, kayfiyati butunlay tushib ketibdi. Yig‘lab yuborishiga bir bahya qolganini ko‘rib:
— Hazillashdim. Xotiningizni saqlab qola olmadik, - debdi vrach.
Bir xonadondagi bo‘layotgan ziyofatda mehmonlar zerikib, siqilib ketishipti. Bir burchakda esnab o‘tirgan ayolni ko‘rib, mehmon undan so‘rapti: — Zerikdingizmi? — Juda ham. — Bo‘lmasa sekin turib ketaveraylik... — Koshki edi, lekin afsuski, ilojim yo‘q. — Nega? — Men shu uyning bekasiman.