Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
O‘quvchi darsga ikki xil tuflida kelibdi. Biri oq biri qora ekan. Uni ko‘rgan o‘qituvchisi:
— Bor uyingga, almashtirib kel! - desa, o‘quvchi:
— Uyda ham huddi shunaqasi qolgan-da, - dermish.
Bir kvartirada ikkita o‘rtoq yashar ekan. Bir kuni do‘sti hammomga kirib, birozdan so‘ng sherigini chaqirayotmish.
— O‘rtoq, shampun uzatvargin!
— Hammomda shampun ko‘p edi-ku?!
— Hammasi "quruq sochlar uchun" ekan-da. Men esa sochimni ho‘llab bo‘ldim, - dermish.
Bir ayol eri bilan qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tirishsa, birdaniga ekranda dahshatli mahluq paydo bo‘lsa, ayol qo‘rqqanidan:
— Voy, oyijon!!! - deb baqirib yuborsa, eri:
— Ha, darrov tanidingmi? - dyermish.
Vrach - kasal bo‘lsangiz xursand bo‘ladi.
Militsiya - jinoyatchi bo‘lsangiz,
Mashinangiz buzilsa, usta quvonadi.
Faqatgina o‘g‘ri sizga hamisha mo‘may daromad va xotirjam uxlashingizni tilaydi.
O‘qituvchi:
— Boltaboyev, nega sen Lolani jinni deding? Qani darhol unga afsusda ekanligingni aytchi.
Bola qizni oldiga yaqinlashib:
— Lola meni kechir, jinniligingdan afsusdaman.
Parashyutdan sakrash mashqi.
— Askarlar! Sakragandan so‘ng 10 gacha sanab, ipni tortasizlar. Qani olg‘a!
Bir askar yerga tushib, parashyutni yig‘ishtirayotsa, botqoqda bir askar duduqlanib — s-s-sa-sak-kiz-z-z — deb sanab yotgan emish.
Ikki do‘st suhbati: — Do‘stim, yuzingga nima bo‘ldi? Hamma yog‘ing ko‘karib ketibdi-ku?! — Kecha trenajyor zaliga borgandim. Bir baquvvat yigitni qo‘lidan tosh tushib ketsa bo‘ladimi!? — Buni yuzingga nima aloqasi bor? — Kulmasam bo‘larkan...!