Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Odnoklassnikiga kirib, o‘zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim.
Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o‘tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz.
Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O‘zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...?
Bir qari badavlat odam kechqurun uyiga qaytsa, xizmatkori:
— Ha, qari to‘nka! Qayerlarda yuribsan?!, - desa, boy pinagini buzmay:
— Qulog‘imga eshitadigan apparat sotib olgani borgandim, - dermish.
Bitta abituriyent tayyorgarlik ko‘rmasdan imtihonga kiribdi. Umuman hech narsani bilmas ekan. Huddi test savollarini ishlayotgandek o‘tiraveribdi. Qarasa, yonida bir yigit o‘zini variantini ishlab bo‘lib, o‘tirgan ekan. Haligi abituriyent asta turtib, shivirlabdi:
— Iltimos, meni testimni ham ishlab ber! Qancha so‘rasang beraman!, - degan ekan, haligi yigit unga uchta barmog‘ini ko‘rsatibdi.
— Roziman!, - degan ekan, darrov uni masalalarini ham javoblarini topib tashlabdi.
Imtihondan chiqgach, — Qancha beray? - deb, hozir yoki uch yoki o‘ttiz million so‘rasa kerak deb ichida o‘ylanib tursa, boyagi yigit:
— Ertalab imtihonga kech qolmaslik uchun taksida kelgandim. Uyga ketishga pulim qolmadi, uch ming so‘m ber!, - dermish.
Kasalxonada yo‘lagida bir odam qattiq hayajonda, u yoqdan-bu yoqqa yuribdi. Xotinini operatsiya qilgan vrach chiqib, g‘amgin holatda gap boshlabdi:
— Xotiningizni hayotini saqlab qoldik. Lekin u komada. Yaxshi parvarish qilsangiz, yana o‘n yil yashashi mumkin.
Vrach eriga qarasa, kayfiyati butunlay tushib ketibdi. Yig‘lab yuborishiga bir bahya qolganini ko‘rib:
— Hazillashdim. Xotiningizni saqlab qola olmadik, - debdi vrach.
Uyida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan qo‘shnimdan bezor bo‘ldim. Drel ishlatmasligi uchun eshigini oldidagi devorga "Qo‘shni, xabaringiz bo‘lsin! Men homiladorman" deb yozib qo‘ydim. Ertasi kuni qo‘shnimni xotini uni xiyonatda ayblab, uydan ketib qolibdi.
Bir tentakroq odam suvda cho‘kayotgan kishini qutqarib olibdi.
Oradan ko‘p o‘tmay odamlar tentakni yoniga kelib:
— Siz uni suvdan qutqarib olgan edingiz, u bo‘lsa o‘zini osib o‘libdi, - desa, tentak:
— Iye, o‘lib qolibdimi? Men uni qurisin deb daraxtga ilib qo‘ygandim, - dermish.
GAI xodimining og‘ir oyoq rafiqasi turmush o‘rtog‘i bilan xizmat mashinasida ketayotib, xotinining ko‘zi yoriydigan bo‘lib qolibdi. Tug‘ilayotgan farzandlari egizak ekan. Xasan tug‘ilib, dadasiga ko‘zi tushibdi-yu, shunday deb qichqiribdi:
— Husan, chiqmay tur! Gaiga tushib qoldik!