Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir qiz uchrashuvga kech qolib keldi.
Yigit:
— Nega kech qolding?!
Qiz:
— Bilmaysizmi, chiroyli qizlar doim kechikib kelishga odatlangan.
Yigit:
— Buni bilaman, lekin san nimaga kech qolding...?
Bir injener ishsizlikdan nima qilishini bilmay, tavakkal bir kasalxona ochibdi. Kasalxona eshigi oldiga "Biz sizlarni benuqson davolaymiz. Agar davolay olmasak 50000 pulingizni 100000 qilib qaytaramiz", - deb yozib qo‘yibdi.
Yo‘ldan o‘tib ketayotgan bir vrach, - bularni bir boplab, 100000 pulini olib chiqib ketaman, - deb binoga kiribdi. Injener uni kutib olib, shikoyatini so‘rabdi.
— Men ta’mni bilmayapman. Nima yesam hammasi bir xil.
— Hamshira, shishadagi suyuqlikni ichiring.
— Iye, bu benzinku!
— Tabriklayman, ta’m bilishingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Vrach jahl bilan pulni to‘lab chiqib ketibdi. Ikki kundan keyin yana kelibdi:
— Endi men hid sezmayapman.
— Hamshira shishadagi suyuq dorini bu kishiga ichiring.
— Bu yana benzinku...
— Ana, hid bilish qobiliyatingiz ham tiklandi. 50 000 to‘lab ketasiz. Vrach pulni to‘lab, yana jahl bilan chiqib ketibdi. Oradan 3 kun o‘tib, bu safar aniq boplayman degan maqsadda kelib debdi:
— Endi men hech narsani ko‘rmayapman.
— Kechirasiz, biz buni davolay olmaymiz. Mana sizga 100000 pul.
— Iye, bu yerda 50000 ku!
— Tabriklayman, ko‘rish qobiliyatingiz tiklandi. Sizdan 50000.
Kechasi bir qiz arvohlardan qo‘rqib qabriston oldidan o‘tolmay turgan ekan, bir yigit kelib qolibdi.
Qiz:
— Jon aka, meni shu qabristondan o‘tqazib qo‘ying, - debdi.
Yigit: "Ho‘b bo‘ladi", deb qizni zeriktirmay latifalar aytib, kuldirib o‘tqazib qo‘yibdi.
Qiz xursand bo‘lib "siz ajoyib inson ekansiz", desa.
Yigit:
— Eh, siz mani tirikligimda ko‘rganingizda edi, - dermish
Maktabda o‘qituvchi bolalardan uyga vazifani tekshiribdi. Birinchi o‘quvchi: — Tushunmadim, - debdi. Ikkinchisi: — Vaqtim bo‘lmadi, - debdi. Uchinchisi bo‘lsa: — Menga bahona qolmadi-ku! - degan ekan.
Sinfdoshlari bilan uchrashuvdan qaytgan eridan xotini so‘ray boshlabdi:
— Azamatni ko‘rdingizmi?
— Ha, u ahmoq katta yurist bo‘lib ishlayotgan ekan.
— Botir-chi? U qalay?
— U tentak bosh vrach lavozimiga ko‘tarilibdi.
— Sardor qanday ekan?
— Eh, u befahm tadbirkorlikni boshlabdi!
Xotin:
— Qachon siz ham ahmoq, tentak, befahm bo‘larkinsiz-a...?
Kafeda ofitsiant mijozga buyurtma qilingan tovuqni qo‘lida ushlab olib kelayotganini ko‘rib jahl bilan: — Nega ovqatni qo‘lingiz bilan ushlab olgansiz!? - desa, ofitsiant: — Ikki martta yerga tushib ketdi. Uchinchi martta ham tushirib yubormay degandim... - dermish.
Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko‘rib qolibdi va so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Yo‘q otaxon, men negrman, Afrikadanman.
Sal o‘tib chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?
— Negrman dedim-ku ota Afrikalikman.
— Haaa, endi bolam gap yo‘g‘ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so‘rabdi:
— Bolam Mirzacho‘ldanmisan?, - desa negrni jahli chikib:
— Ha Mirzacho‘ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon:
— Unda nega negrlarga o‘xshaysan?, - dermish.
Ota o‘g‘liga: — O‘g‘lim, meni nega maktab direktori chaqirtirdi? O‘g‘li: — Kecha maktabda mushtlashdim. Otasi: — Nima, meni navbatdagi jangni tomosha qilishga chaqirishdimi?
Alkash odam do‘konga kirib sotuvchiga: — Bir tomchi aroq qancha turadi? - desa, sotuvchi: — Hechqancha, - debdi. Alkash unga: — Bir stakan aroq tomchilatib bering! - dermish.