Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir qiz xafa bo‘lib o‘tirsa, dugona undan so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi? Nega xomush o‘tiribsan?
— Sevgan yigitim menga “Biz boshqa uchrasha olmaymiz. Seni boshqa sevmayman!” deb yozilgan sms yubordi.
— Voy dugonajoy... Yomon bo‘pti-ku...
— Bunga emas, ikkinchi sms iga xafaman!
— Yana nima deb yozibdi?
— Ikkinchi smsda “Uzr, senga emas edi. Adashib yuboribman” desa bo‘ladimi!?
Dorixonaga bir ayol kirib debdi:
— Hurrakni to‘xtatishim kerak, shunga dori bormi?
— Hurrakni o‘zi kim otadi?
— Erim.
— Mana sizga 1 o‘ram paxta!
— Paxtani boshimga uramanmi?
— Har kuni qulog‘ingizga tiqib yotsangiz, hurrakni eshitmaysiz.
— Dada, oyim aytdilar-ki aroq qimmat bo‘lib ketibdi. Endi kamroq ichadigan bo‘larkansiz.
— Oying sal yanglishibdi o‘g‘lim. Endi sen kamroq yeydigan bo‘lding.
Ikki dugona suhbatlaridan:
— Yigitim bilan to‘y kunimizni hech tanlay olmayapmiz.
— Nega? Shunchalik qiyin ekanmi?
— Ha... Men bahorda, qilaylik, masalan 30 martda desam, u 30 fevralda to‘y qilamiz degani-dyegan...!
Bo‘yi yetgan yigit adasining kalishini ichiga sabzi solib, “dadam meni tushunib oladigan” degan hayol bilan institutga o‘qishga ketibdi. Kechqurun qaytib kelsa, o‘zini kalishini ichida to‘lov-kontrakt shartnomasi turgan emish.
Oshiq yigit hikoyasi:
Sevgan qizim kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘rishini, har kuni kitob o‘qishini aytdi. Uning tug‘ilgan kuniga qiziqarli kitob sotib oldim-da, 10-sahifasiga sovg‘a pul solib qo‘ydim. Oradan 1 oy o‘tsa ham, sevgan qizim pulga yetib kelmayapti...
"Ikkichi"larning 2 ta narsasi bo‘ladi: mashinasi va uyi.
"Uchchi"larning 3 ta narsasi bor: mashinasi, uyi va dalahovlisi.
A’lochilarning 5 ta narsasi bo‘ladi: kal boshi, ko‘zoynaklari, eng kam oylik ish haqqi, qon bosimi va ko‘krak nishoni.
Askar chegara buzg‘unchisini qo‘lga olibdi. Buzg‘unchi sigir terisini yopinib olib, mollar podasi orasida o‘tib ketayotganda chegarachi uni payqab qolibdi.
Buzg‘unchini qo‘lga tushirgan askarni qahramon deb atab, undan intervyu olishibdi:
— Ayting-chi, dushmanni qanday qilib qo‘lga oldingiz?
Chegarachi Vanya minbarga chiqib, hikoyasini boshlabdi:
— Davlat chegarasini muhofaza qilib, qamish orasida o‘tirar ekanman, yonimdan mollar podasi o‘tib qoldi. Kutilmaganda sigirlardan biri podadan ajralib chiqib, yonimga keldi-da: «Davlat chegarasiga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatib yuboring, iltimos», deb qoldi. Ana shundagina miyam ishlab, u begona sigir ekanligini fahmlab qoldim. Axir, mahalliy mollar yo‘lni yaxshi bilishadi-ku!