Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to‘xtabdi-da:
— O‘tir olib borib qo‘yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo‘laman?
— Yaxshi harbiy bo‘lasan.
Bolakay yana so‘radi
— Agar otam o‘qituvchi, onam esa bog‘cha tarbiyachisi bo‘lsa, men kim bo‘laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo‘lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o‘girilibdi-da:
— Agar otang bema’ni, aroqxo‘r, qimorboz bo‘lsa, onang betayin buzuqi bo‘lsa, sen kim bo‘lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo‘laman, - degan ekan.
108
— Sobir, nega maktab remontiga pul olib kelmading?
— Men maktabni hech qayerini buzmadim-ku!?
132
Er-xotin gaplashib o‘tirishsa, telefon jiringlab qolibdi.
Er:
— Agar meni so‘rashsa, uyda yo‘qlar deb aytgin, - debdi.
Xotin borib telefon go‘shagini ko‘tarib:
— Allo, yo‘q, erim uydalar, debdi.
Eri jahli chiqib:
— Ahmoq, meni uyda yo‘q, deb aytgin dedim-ku senga, - desa, xotin bamaylixotir dermish:
— Nega jahl qilasiz? Axir telefon sizga bo‘lmadiku, - dermish.
122
— Sobir, do you speak English?
— Nima?
— Qodir, do you speak English?
— Nima?
— Saida, do you speak English?
— Yes? I do!
— Nima?
187
— Zerikdingizmi? Sirlaringizni kimga aytishni bilmayapsizmi? Barcha sirlarni ochib, o‘zingizni yengil his qiling! 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, barchasini ro‘y-rost gapirib bering!
156
Bir yigit sehrli chiroqni topib olibdi-da, uni ishqalabdi. Shu payt ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni..., - debdi.
Yigit ham shoshilib qolib:
— Tinch okeani ustidan o‘tadigan ko‘prik qurib ber!, - deb yuboribdi.
— Esing joyidami?! U okean bo‘lsa... O‘zingga foydaliroq narsani so‘rasang-chi, - desa, yigit:
— Dunyodagi barcha ayollarni javramaydigan qilib qo‘y!, - debdi.
Jin ham o‘ylanib turib:
— Qayerga ko‘prik qurish kerak edi...?, - dermish.
146
— Men fermerman. Yetti mingta qo‘y boqaman. U ham yetmagandek, o‘g‘lim Toshkentda o‘qiydi. Uni domlasini-yam qo‘shib boqaman.
144
Bir kuni afandi o‘zbek, rus va qozoqga bittadan avtomobil olib kelishlarini aytibdi. O‘zbek velosiped, rus Malibu haydab kelibdi. Qozoqdan esa darak yo‘q emish. Shunda afandi:
— Endi har kim olib kelgan narsasini ko‘tarsin, - debdi.
O‘zbek velosipedni darrov ko‘taribdi. Rus esa bir kulib, bir yig‘larmish.
Afandi rusdan nega kulib, yig‘layotganini so‘rabdi.
Shunda rus afandiga:
— Yig‘lashimni sababi, Malibuni ko‘tara olmayapman. Kulishimni sababi esa, anavi yerda qozoq tank haydab kelyapti, - dermish.
155
Katta bir korxonaning rahbari ishchilar intizomini tartibga solib qo‘ymoqchi bo‘libdi. Ishyoqmas, dangasa biror xodimni ishdan bo‘shatib, qolganlarga namuna ko‘rsatib qo‘yish niyatida tekshiruvga chiqibdi. Qarasa, bir yosh ishchisi korxona hovlisida devorga suyanib, dam olib turgan ekan. Rahbarning fig‘oni falakka chiqibdi. Yosh yigitning yoniga kelib:
— Senga bir haftada nechi pul to‘lashadi?, - deb so‘rabdi jahl bilan.
— Olti yuz ming, - javob beribdi hayron bo‘lib.
Rahbar boshqalarga ham o‘rnak bo‘lsan degan maqsadda, xonasidan ikki yarim million olib chiqibdi-da yosh ishchisini qo‘liga tutqazib debdi:
— Mana, to‘rt haftalik maoshingni ortig‘i bilan olgin-da, bu yerdan yo‘qol, qaytib kela ko‘rma!
Yigit pulni olib, indamasdan ketibdi. Rahbar esa bu holatni kuzatib turgan ishchilarga qarata:
— Kim edi u ishyoqmas?, - deb so‘rasa,
Ishchilardan biri:
— Pitssa tashish xizmatidan edi. Olib kelgan pitssasini pulini kutib turgandi, - degan ekan.
169
Bir yigit uylanibdi. Chimildiqqa kirgandan so‘ng, xotiniga qarab:
— Bu uy endi seniki ham, hamma narsaga teginishing va ishlatishing mumkin. Faqat bitta anavi sandiqqa tegmaysan. Teginsang kechirmayman seni, - debdi.
Xotini xo‘p deb 20 yil teginmabdi. Oxiri sabri chidamay sandiqchani ochibdi.
Qarasa 500000 ming so‘m pul bilan uch dona tuxum bor ekan. Eri kelgandan keyin so‘rabdi.
— Ha, mayli ochibsanda oxiri. Gap shundaki qachon senga hiyonat qilsam sandiqchaga bitta tuxum qo‘yar edim, - desa
Xotini:
— Ha, 20 yil ichida uchta hiyonatni kechirish mumkin. 500000 ming so‘m pul qanday keldi? - desa..
Er:
— Bilasanmi asalim tuxumlar ko‘payib ketgandan so‘ng sotishga to‘g‘ri keldi, - dermish
151