Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Qiz bilan yigit birinchi bor uchrashgani chiqishibdi. Yigit qizni muzqaymoq bilan mehmon qilibdi. Ikkalasi indamay muzqaymoq yeyayotgan ekan, qiz yigitdan so‘rabdi:
— Nega gapirmay indamay o‘tiribsiz, nimalar haqida o‘ylayapsiz?
— O‘sha siz o‘ylayotgan narsalar haqida o‘ylayapman.
— Voy, uyatsiz, uyalmaysizmi to‘yimiz bo‘lmay turib, shunaqa narsalar haqida o‘ylagani?
Bir ayolni eri olamdan o‘tibdi.
Ayol qabr ustida yig‘lab dardini to‘kib solibdi:
— O‘g‘limizga shim, qizimizga ko‘ylak, u kerak bu kerak, - debdi.
Kechasi tushiga eri kirib:
— Xotin man o‘ldim, Dubayga ketganim yo‘q, — debdi.
Qamoqxonada o‘tirgan bolaga onadan xat kelibdi:
— Bolam ogorodni chopish, kartoshka ekish kerak, endi man qarib qoldim, bir o‘zim qiynalvoman, debdi.
O‘g‘li xat yozib konvertni yuziga, "Onajon ogorodni chopmang sizniyam qamashadi, mangayam srok qo‘shishadi", deb yozib qo‘yibdi.
Bir haftadan keyin onadan xat kelibdi:
— Bolam sandan xat keganidan keyin, uyimizga 4ta militsiya keldi, butun ogorodni chopib tashashdi, debdi.
Bola onaga javob xati yo‘llabdi:
— Ona qo‘limdan kegani shu, kartoshkani o‘ziz amallab ekvolarsiz, dermish.
"Tilla ovi" ko‘rsatuvida sobiq sevgan qizlarini birma-bir ismini sanab bergan va yutuqni qo‘lga kiritgan mashhur aktyorni xotini bir kun arazlabdi. Lekin onasini uyiga ketib qolmabdi.
"Dunyoda tinchlik!" jumlasini insonlarga sodda tilda tushuntirish uchun musobaqa e’lon qilinibdi. Internetda 200 ta jumla orasida eng ko‘p ovoz to‘plagani - "Bolalar uyquda!" jumlasi birinchi o‘rinni olibdi.
Eshkakchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Har bir qayiq 9 kishini ko‘tara olar edi. Yaponiya eshkakchilari g‘olib bo‘libdi. Biznikilar esa eng oxirgi. Natija tahliliga ko‘ra yaponlar qayig‘ida 1 ta boshliq va 8 ta eshkakchi bor ekan. Biznikilar guruhda esa 1 ta umumiy boshliq, 3 ta o‘rinbosar, 4 ta bo‘lim mudiri va 1 ta eshkakchi bor edi. Biznikilar darrov mag‘lubiyat sababini aniqlashdi. Eshkakchi aybdor! U ishdan ketibdi.
Qiz onasi bilan doktorga boribdi. Doktor qizga:
— Yechining, tekshiramiz, - desa
Qiz:
— Men emas, oyim kasal, - desa
Doktor:
— Qani opajon og‘zingizni ochib: "A-A-A" - dengchi dermish.