Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Matematik bilan fizik o‘rmonda sayr qilib yurishsa, oldilaridan och ayiq chiqib qolibdi. Ikkovi sarosimaga tushib matematik debdi:
— Ayiqni tezligi 20km/soat, og‘irligi 300kg, qochish befoyda, baribir yetvoladi...
Fizik bo‘lsa:
— Ayiq oshqozonining hajmi 20 kub.detsimetr. Odam hajmi 100 kub.detsimetr. Ayiqqa sen matematikni o‘zi bemalol yetadi. Qochib qolish kerak! – debdi.
Tibbiyot instituti talabalari o‘qituvchisi bilan morgda amaliy mashg‘ulot o‘tishmoqda. O‘qituvchi:
— Biz vrachlar hech narsadan jirkanishimiz kerakmas. Masalan, mana shu jasadni o‘lishidan avval nima taom yeganini bilish uchun og‘ziga bosh barmog‘imizni tiqib, so‘ng barmog‘imizni yalab ko‘ramiz, - deb ko‘rsatib beribdi.
Tabiiyki, hamma talabalar ustozining orqasidan shunday qilishibdi.
Shunda o‘qituvchisi:
— To‘g‘ri qildinglar, lyekin vrachlar e’tiborli ham bo‘lishi kerak. men bosh barmog‘imni tiqib, o‘rta barmog‘imni yalagandim, sizlarga o‘xshab bosh barmog‘imni yalamagandim... – dermish.
Yigitlarning qizlarga aytadigan mashhur bahonalari:
1. Keyin o‘zim telefon qilaman (Sen bilan gaplashgim yo‘q!);
2. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilishvatti (Kecha tanishgan qiz 2-liniyaga tushvatti);
3. Albatta uylanaman! (Sendan qachon qutulaman!?);
4. Ovozing yaxshi eshitilmayapti (Qachon gaping tugaydi?!)
5. Keyingi hafta armiyaga ketaman (Alvido!)
Soqol qo‘ygan yigitga ko‘pchilik "Soqolingni oldirib tashla!" debyaverishadi-yu, lekin tor shim kiygan qizga "Buvilaring, momolaring bunday yurishmagan. Uzun ko‘ylak kiyib ol!" deb hech kim gapirmaydi.
— Do‘stim, uyimda suvaraklar juda-yam ko‘payib ketdi. Nima qilishni bilmayapman.
— Sen ularga eshitiladigan qilib “Uyda ovqat yo‘q! Yegulik umuman yo‘q!” deb bir necha bor takrorlagin!
Ertasi kuni:
— Ho‘sh, nima bo‘ldi do‘stim? Kecha aytganlarimni qildingmi?
— Ha, huddi sen aytgandek qildim.
— Natijasi qalay?
— Yarim tunda kimdir biqinimdan turtdi. Turib qarasam, bir gala suvaraklar atrofimni o‘rab olib, “Senga ovqat olib keldik. Yeb ol!” deb turishibdi...!
O‘zbek xitoylikdan so‘rabdi:
— Sizlarda aholi necha kishi?
Xitoylik aytibdi:
— Bizda aholi 1 mlrd. 300 mln.dan ortiq. Sizlarda-chi?
O‘zbek:
— Bizda 32 mln. aholi bor, - debdi.
Shunda xitoylik o‘zbekka qarab:
— Unda hammalaring bir-birlaringni tanisalaring kerak-a? – debdi.
Ikki sevishgan hiyobondagi o‘rindiqda osmonga qarab o‘tirishibdi. Birdan yigit debdi:
— Voy qara! Yulduz uchdi! Niyat qil!
Qiz:
— Sizga turmushga chiqsam deyman...!
Yigit:
— Iye!!! Qaytib orqasiga ketdi-ku?!