Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir odam bekatda turgan ekan, yoniga notanish kishi yugurib kelib, o‘sha odamni boshiga bir chertibdi-da:
— Latta, - deb yana yugurib ketvoribdi.
Haligi odam uyiga kelib, xotiniga bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Ertasiga yana o‘sha bekatda tursa, yana o‘sha kishi yugurib kelib, boshiga bir chertib:
— Sotqin, - deyarmish.
Kun issiq! Oshxonada yarim kunimni chuchvara tugishga sarflasam-u, erim ishdan kelib, chuchvaralarni yeb "Boshqa bunaqasidan sotib olmagin!" desa odamga alam qilarkan.
Bir ishchi boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib debdi: "O‘rtoq boshliq, siz bizni telefondagi barcha suhbatlarimizni eshitib borishingizni, hamma ishlarimizdan xabardor ekaningizni aytgandingiz. Bugun menga xotinim ishdan qaytishda bozordan nimalar xarid qilishni aytgan edi. Eslolmayapman, ayta olmaysizmi?!"
Fermada yashaydigan sigir buqani sevib qolibdi. Buqaga chiroyli ko‘rinish uchun ozaman deb ovqat yemay qo‘yibdi. Buni ko‘rgan ferma egasi sigirni qassobga topshirib yuborgan ekan.
— Salom Barnoxon! — Kim bu? — Siz meni tanimaysiz. Lekin men sizni taniyman. Hozir sizga 2 ta yomon yangilik aytmoqchiman. Bizlarni erimiz uchinchi xotinga uylanib olibdi.