Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikkita o‘zbek Fransiyaga borib restoranga kiribdi. — Fransuz tilini bilmaymiz-ku, qanday qilib buyurtma beramiz? - debdi biri. Sherigi: — Shoshmay tur! Hozir boplayman, - debdi va ofitsiantni chaqirib: — Lya salat, lya tovuq, lya non, lya choy, - debdi. Ofitsiant tez fursatda hamma aytgan narsalarni olib kelib beribdi. — Ko‘rdingmi! Men bo‘lmasam nima qilarding?! - debdi buyurtma bergan o‘zbek sherigiga va ofitsiantga: — Lya rahmat! - desa, ofitsiant: — Lya osh bo‘lsin, aka! - degan ekan.
Bir ayol Feysbukida "Erim - mening vatanimdir" degan yozuvni barcha bilan bo‘lishibdi. Do‘stlari ichida barcha ayollardan "Vatan - barchamizniki!" degan izoh qoldirishibdi.
Boshliq majlis o‘tkazayotsa, kimdir aksirib yuboribdi. Hamma niqobda, boshliq kim aksirganini bilolmasdan: — Kim aksirdi? - debdi. Hamma jim! — Kim aksirdi deyapman?! Yana hamma jim! Bir xodim sekin o‘rnidan turib "Tamomman endi" deb "Men, aksirdim boshliq" desa, boshliq: — Sog‘ bo‘ling! - degan ekan.
Bir kishi safarga ketayotib, yo‘lda Koronavirusni uchratib qolibdi. — Qayerga ketayapsan? - so‘rabdi virus. — Ziyoratga. Sen-chi? — Sening yurtingga, besh ming kishini olib ketishga, — debdi virus. Har kim o‘z yo‘lida ketibdi. Yil o‘tib, ular yana o‘sha joyda ko‘rishib qolishibdi. — Sen aldading, - debdi virusga haligi kishi, — Besh ming kishini olib ketaman deb, yurtimdan ellik besh ming odamni olib ketibsan! — Yo‘q, Men rostdan ham besh ming kishini olib ketdim. Qolgani vahimadan, ayrimlari oziq-ovqatga bo‘kib o‘lishdi, - debdi virus.
Ofisda ikki og‘ayni suhbatidan: — Do‘stim bilasanmi, kecha bekatda shunaqangi chiroyli qiz o‘tirgan ekan...! Gap otmoqchi bo‘lib yoniga borsam menga qarab nima qildi degin. — Xo‘sh, nima qildi? — O‘rnidan turib "O‘tiring amaki" deb joy bersa bo‘ladimi?!