Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikki burga suhbatlashmoqda: — Ey o‘rtoq, kal odamning boshida nima qilib yuribsan? Sochi bor odamni boshida mazza qilib yur! — Men o‘zi sochi bor odamni boshida yashayman. Bu yerga faqat chang‘i uchgani kelib turaman.
Ustoz o‘quvchilarga: Ertaga hammangiz 5000 dan remontga olib kelinglar!
Shunda bir o‘quvchi:
— Ustoz meni dadam bilan oyim Rossiyada-ku!? - desa, ustoz:
— Unda 50 dollar olib kelaver, - dermish.
Dorixonaga bir ayol kirib debdi:
— Hurrakni to‘xtatishim kerak, shunga dori bormi?
— Hurrakni o‘zi kim otadi?
— Erim.
— Mana sizga 1 o‘ram paxta!
— Paxtani boshimga uramanmi?
— Har kuni qulog‘ingizga tiqib yotsangiz, hurrakni eshitmaysiz.
— Dada, oyim aytdilar-ki aroq qimmat bo‘lib ketibdi. Endi kamroq ichadigan bo‘larkansiz.
— Oying sal yanglishibdi o‘g‘lim. Endi sen kamroq yeydigan bo‘lding.
Bir kuni afandi farzandli bo‘libdi. Oradan bir yil o‘tibdi farzandi birinchi aytgan so‘zi "Tovuq" bo‘libdi. O‘sha kuni tovuq o‘lib qolibdi. Keyin "Sigir" desa, u ham ertasiga o‘lib qolibdi.
Afandi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim "Dada" demagin, iltimos, - debdi.
2 kun o‘tib, bolasi "Dada" degan ekan afandi uyiga kirib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Bir kun o‘tarmish, o‘lmasmish. 2 kun o‘tarmish, o‘lmasmish.
Uchinchi kuniga xotini kirib:
— Chiqing adasi. Qo‘shnimiz Qo‘chqor aka o‘lib qolibdilar, - degan ekan.
Rus tilini yaxshi bilmaydigan ikkita yigit Rossiyada yashar ekan. Bir kuni tovuq go‘shtini sotib olish uchun do‘konga kirishibdi. Rastaga qarashsa, tovuq ko‘rinmabdi. Bittasi sotuvchini yoniga borib:
— Gde petux? - desa, sotuvchini jahli chiqib, haligi yigitni yoqasidan olib:
— Kto petux? - deb urmoqchi bo‘lsa, yonidagi sherigi ikkala qo‘lini tepaga ko‘tarib:
— Stop, stop - debdi-da, yugurib borib bitta tuxumni olib kelib sotuvchiga ko‘rsatib:
— Gde mama? - dermish.
Tug‘ruqxonadagi ayolni yoniga farishta kelib:
— Farzandingni dunyoga keltirayotganingda senda bo‘ladigan og‘riqlarning yarmini bolaning otasiga o‘tkazib qo‘yaman, - debdi.
— Tunda ayol farzandini dunyoga keltirib bo‘lgach, tongda uni ko‘rgani kelgan eriga:
— Adasi, kechasi yaxshi uxladingizmi? - desa, eri:
— Yo‘q, qo‘shnimiz Normat aka kechasi bilan baqiraverib, umuman uyqu bermadi, - dermish.
Askar chegara buzg‘unchisini qo‘lga olibdi. Buzg‘unchi sigir terisini yopinib olib, mollar podasi orasida o‘tib ketayotganda chegarachi uni payqab qolibdi.
Buzg‘unchini qo‘lga tushirgan askarni qahramon deb atab, undan intervyu olishibdi:
— Ayting-chi, dushmanni qanday qilib qo‘lga oldingiz?
Chegarachi Vanya minbarga chiqib, hikoyasini boshlabdi:
— Davlat chegarasini muhofaza qilib, qamish orasida o‘tirar ekanman, yonimdan mollar podasi o‘tib qoldi. Kutilmaganda sigirlardan biri podadan ajralib chiqib, yonimga keldi-da: «Davlat chegarasiga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatib yuboring, iltimos», deb qoldi. Ana shundagina miyam ishlab, u begona sigir ekanligini fahmlab qoldim. Axir, mahalliy mollar yo‘lni yaxshi bilishadi-ku!