Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir yigit bozorda ayollar taqinchoqlarini sotib o‘tirsa, yoniga chiroyli qiz buvisi bilan kelib so‘rabdi:
— Mana bu taqinchoq necha pul?
— 20 ta bo‘sa debdi, - yigit hazillashgisi kelib.
Shunda qiz:
— Men shunisini olaman. Haqqini buvim to‘lab yuboradilar, - dermish.
43
Er xotiniga:
— Azizam meni quyoshim bo‘lishni istaysanmi?
— Ha albatta!
— Unda mendan 150 million kilometr uzoqda yur!
44
Bir savdogar kishining Rossiyadan qaytgach ta’surotlari:
“Rossiyada yosh bolalar ham ruschani zo‘r bilishar ekan!".
56
Bitta erkak yiqilib tushib, boshini yorib olibdi. Qonini yalab ko‘rib, “Peshonam sho‘r ekan”, - dermish.
56
Bir yigit uylanib, to‘y kuni kelinga debdi:
— Men erkak kishiman. Erkak kishi "ko‘chani odami" bo‘ladi. Shunday ekan men ko‘chada ko‘p bo‘laman. Seni borliging men uchun ikkinchi darajali ish, tushundingmi? - desa, kelin:
— Ha tushundim! Endi men shu uyga kelin ekanman, qaynona-qaynotamga nabiralar tug‘ib, ularni xursand qilishim kerak. Shunday ekan, menga ham sizni ko‘chada ekanligingiz ikkinchi darajali ish, - dermish.
47
Tug‘ruqxonada aksiya:
Ikki o‘g‘il ko‘rgan kishiga uchinchisi qo‘shib beriladi!
47
Hozir kimdir o‘z sevgan qizini qo‘lini ushlab turibdi. Sen bo‘lsa telefonni ushlab o‘tiribsan...
49
O‘qituvchi “Yashash uchun kurash” mavzusida dars o‘tmoqda:
— Aytinglar-chi, kimsasiz orolga o‘zingiz bilan nima olib ketgan bo‘lardingiz?
— Men och qolmaslik uchun bir qop bug‘doy olib ketardim, - debdi Ma’ruf.
— Men esa bitta xizmatkor va sharob tayyorlash uchun uzum ko‘chatini olib ketgan bo‘ladim, - dermish Sharif.
Shunda Xamid o‘rnidan turib:
— Men orolga o‘zim bilan Ma’ruf va Sharifni olib ketgan bo‘lardim, - degan ekan.
139
Hokimiyatga ushbu mazmunda shikoyat arizasi tushibdi:
"Meni kvartiramni ro‘parasida ayollar hammomi joylashgan. U yerdagi hamma narsalar menga ko‘rinib turadi. Bu mening ahloqim, etikamga ma’naviy va jismoniy ta’sir ko‘rsatyapti. Shuning uchun meni kvartiramni almashtirib berishingizni so‘rayman".
Bu masalani ko‘rib chiqish uchun kommissiya a’zolari uyga kelib, tekshira boshlabdi.
— Otaxon, nega yolg‘on gapirasiz? Axir hech narsa ko‘rinmayapti-ku!, - debdi tekshiruvchilar.
— Shunaqami? Sen shkafni ustiga chiqib qara-chi?, - debdi.
Kommissiya a’zolaridan biri shkafni ustiga chiqib qaray boshlabdi.
— Yo‘q. Baribir hech narsa ko‘rinmayapti!
— Sen chaproqqa surilgin. Yana..., yana-yam..., yana ozgina...
Shkaf ustidagi odam "gurs" etib yiqilibdi.
Boboy bo‘lsa:
— Ana ko‘rdingmi o‘g‘lim?! Har kuni shu ahvol.., - dermish.
136
Afandi yog‘ olish uchun kosa ko‘tarib bozorga boribdi. Yog‘furushdan bir tangalik yog‘ so‘rabdi. Yog‘furush bir tangalik yog‘ni kosaga quygan ekan, kosa to‘lib, ozginasi ortib qolibdi.
— Qolganini nima qilamiz? - so‘rabdi yog‘furush.
— Orqasiga quy, - deb afandi kosani ag‘dargan ekan, ichidagi yog‘ to‘kilib ketibdi. Afandi ham ozginagina yog‘ni ko‘tarib, uyiga kelibdi. Yog‘ni ko‘rgan xotini qichqiribdi:
— Shu yog‘ni oldingiz xolosmi?
Afandi bo‘lsa:
— Ey nodon, ko‘p qichqirma! Bu yog‘ida ham bor, - debdi-da, kosani ag‘dargan ekan, qolgan yog‘ ham to‘kilib ketibdi.
169