Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.

Televizorda hamma tinimsiz "uyda o‘tiring" deydi. Hechkim "uyda yoting" demaydi. O‘tirishdan zerikib, yotib ko‘rdim. Mazza ekan...

44
— Salom do‘stim! Eshitishimcha urushda sen yarador bo‘lgan ekansan?
— Ha, chap ko‘kragimga o‘q tekkan.
— Unda qanday qilib tirik qolgansan, yuragingga tegmaganmi o‘q?
— Yo‘q! O‘q tekkan paytda yuragim tovonimga tushib ketgandi.
46
Ikki burga suhbatlashmoqda:
— Ey o‘rtoq, kal odamning boshida nima qilib yuribsan? Sochi bor odamni boshida mazza qilib yur!
— Men o‘zi sochi bor odamni boshida yashayman. Bu yerga faqat chang‘i uchgani kelib turaman.
40
Ustoz o‘quvchilarga: Ertaga hammangiz 5000 dan remontga olib kelinglar!
Shunda bir o‘quvchi:
— Ustoz meni dadam bilan oyim Rossiyada-ku!? - desa, ustoz:
— Unda 50 dollar olib kelaver, - dermish.
46
''Buzoqni yugurgani somonxonagacha'' degan maqolni eshitgan buzoq umuman yugurmaydigan bo‘libdi.
48
"Faqat non bilan odamning qorni to‘ymasa kerak" - deb o‘ylagan oshpaz shashlikga ozgina go‘sht qo‘shib yuboribdi.
45
Er ertalab uyqudan uyg‘onib, "Xotin!", - deb chaqirsa, xotini yugurib kirib:
— Turdingizmi azizim? – desa, eri jilmayib:
— Ha, turdim baliqcham! Nonushtani tayyorlang! - debdi.
Xotini ham jilmayib:
— Ho‘p bo‘ldi ayiq polvonim, - deb chiqib ketayotsa, eri o‘ziga-o‘zi pichirlab: "Nima balo u ham meni ismimni esidan chiqarib qo‘ydimikin”, - dermish.
41
Xotin eriga:
— Dadasi, bugun tushimda menga Galaxy olib beribsiz.
— Xotinjon, senga necha marta aytaman, yomon tush suvga aytiladi, boshqa hech kimga aytilmaydi deb!
43
Bitta erkak yiqilib tushib, boshini yorib olibdi. Qonini yalab ko‘rib, “Peshonam sho‘r ekan”, - dermish.
55
Bir yigit uylanib, to‘y kuni kelinga debdi:
— Men erkak kishiman. Erkak kishi "ko‘chani odami" bo‘ladi. Shunday ekan men ko‘chada ko‘p bo‘laman. Seni borliging men uchun ikkinchi darajali ish, tushundingmi? - desa, kelin:
— Ha tushundim! Endi men shu uyga kelin ekanman, qaynona-qaynotamga nabiralar tug‘ib, ularni xursand qilishim kerak. Shunday ekan, menga ham sizni ko‘chada ekanligingiz ikkinchi darajali ish, - dermish.
46