Piyodalar yo‘lagidan o‘tib ketayotgan piyodani mashina urib yuboribdi. Mashinadan haydovchi hovliqib tushib: — Baxtingiz bor ekan, men – vrachman! – desa, yerda yotgan piyoda: — Sizni baxtingiz yo‘q ekan, men – yuristman! – dermish.
Bolakay uyga xomush kelib onasiga debdi: — Oyijon, bugun adam bilan ketayotsam, avtobusga bir ayol chiqdi. Men o‘rnimdan turib u ayolga joy berdim. Ayol bo‘lsa o‘tirmadi. Onasi so‘rabdi: — Keyin sen nima qilding? Bolakay: — Nima qilardim!? Yana adamning tizzasiga qaytib o‘tirdim.
— Adasi, o‘g‘limiz institutni qizil diplomga tamomladi. Unga biror kattaroq sovg‘a olib berishimiz kerak...! — Nima, qizil diplom olib berganimiz yetmadimi?
Bir odam avtomobilini katta tezlikda haydab ketayotsa, GAI xodimi to‘xtatib so‘rabdi: — Nega bunchalik gazni bosib kelyapsiz? - desa haydovchi: — Yo‘llarimiz ravon, yurtimiz tinch bo‘lsa... Sizdek posbonlarimiz xizmatda bo‘lsa... Nimadan qo‘rqamiz!? Bosamizda gazni, - desa GAI xodimi g‘ururlanib: — Oq yo‘l! - degan ekan.
Menda bor odatlar sizda ham bormi?
— Yogurtni ochganda, birinchi bo‘lib qopqog‘ini yalab qo‘yasizmi?
— Telefoningizga kelgan sms ni o‘qib, ba’zida ovoz chiqarib javob berasizmi?
— Yoqimli sms larni qayta-qayta o‘qib ko‘rasizmi?
— Eshik yopiq turganini ko‘rsangiz ham baribir tortib ko‘rasizmi?
— Yerdagi bruschatkani ustidan yurib ketayotib, faqat bir xil shakllarini bosishga harakat qilasizmi?
— Kechasi yotoqxonangiz chirog‘ini o‘chirgach, kravatgacha telefoningizni chirog‘ini yoqib yetib olasizmi?
Odnoda bir qiz “Hayotni jiddiyga olmang, hammasini o‘z holiga tashlab qo‘ying” deb yozibdi. Bu gapdan ilhomlanib, butun oilamiz bilan kommunal to‘lov qog‘ozlarini ustida pista chaqib o‘tiribmiz.