Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir yigit domni tagiga borib, 8-qavatni derazasidan qarab turgan odamga:
— Aka, pastga tushing. Gap bor, - debdi.
Haligi odam zinadan pastga tushib:
— Nima gapingiz bor uka, - desa, yigit:
— Ahmad akani uyi qaysi, - deb so‘rabdi.
Haligi odam:
— Men bilan yuring, ko‘rsataman, - deb, yigitni 8-qavatga olib chiqib:
— Ahmad akani uyi anavi ro‘paradagi domni to‘qqizinchi qavatida, - dermish.
33
Afandini ikkita xotini bo‘lgan ekan. Kunlarning birida afandidan birinchi xotini so‘rabdi:
— Qaysi birimizni ko‘proq sevasiz?
— Ikkovingni-yam birdek sevaman, - debdi afandi.
— Agar ikkala xotiningiz cho‘kayotgan bo‘lsa, kimni birinchi qutqarasiz? - so‘rabdi yana xotini. Afandi bo‘lsa:
— Sen suzishni bilasan-ku..., - dermish.
107
Starshina safdagi askarlarni oshxonaga olib ketmoqda.
— Bir, ikki! Bir, ikki! ...
Shu payt yosh bolakay kelib debdi:
— Amaki, men sanay qolay? O‘ngacha sanashni bilaman!
141
Tulki har doim ilonni mazah qilib, oyog‘i yo‘qligi uchun ustidan kulib yurarkan. Bir kuni tulki ilonni yoniga kelib:
— Endi yarashaylik, urishmasdan, do‘st bo‘lamiz. - debdi.
Ilon ham rozi bo‘lib turganakan, tulki:
— Yarashgan bo‘lsak, besh tashla, - degan ekan.
151
Dan xodimining bolasi maktabdan 2 baho olib kelibdi.
Otasi shu kun:
— Bolam daftarlaringni olib kel bir ko‘ray, - desa
Bola onasiga:
— Oyijon 2 ni dadam ko‘rsa urishadi. Nima qilay? - desa
Oyisi:
— 10ming daftar orasiga qistirib ber, dadang urishmaydi, - dermish.
180
Afandining bir oshnasi og‘zi latta bilan bog‘langan bir xumchani omonat topshirib:
— «Buning ichida voyvoyakning bolasi bor, og‘zini ocha ko‘rmang, uchib ketib qoladi» deb, tayinladi.
U ketgandan keyin, Afandi «voyvoyakning bolasi qanaqa bo‘lar ekan» deb, xumchani ochdi, qarasa: ichi to‘la asal.
Afandi bir tatib ko‘rishi bilanoq xumchaning yonidan ketmay qo‘ydi, uch kun qorni og‘ridi.
Besh-olti kundan keyin egasi kelib xumchani so‘radi. Afandi olib chiqdi. Egasi xumchani ko‘tarib ko‘rib:
— Afandi, men ketgandan keyin xumchani ochib, voy-voyakning bolasini uchirib yuboribsiz, shekilli,— dedi.
— To‘g‘ri,— dedi, Afandi,— uchib chiqib uyasini topolmay, qornimga kirgan ekan, uch kundan beri mening og‘zim bilan voyvoylaydi.
196
Afandining xotini jangari chiqib qoldi. U arzimagan narsaga idish-tovoqlarni sindirar, Afandining yuziga chang solar, yana dod deb, qo‘shnilarni yig‘ar edi. Afandi uyiga kelishga yuragi betlamay, kechgacha ko‘chada sanqib yurdi, kech bo‘lganda uyga kelsa, ustidagi to‘nini yechmay turib, xotini janjal boshladi:
— Onam tug‘may o‘lsin, sizga tegib hech halovat ko‘rmadim! Odamlarning eri har ko‘chaga chiqqanda hech bo‘lmasa mozi ko‘tarib keladi, siz bo‘lsangiz so‘ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo‘lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O‘rtamizda tinch o‘tgan kun o‘sha kun edi!
131
— Nimaga pasportimda buncha ko‘p bo‘sh sahifalari bor?
— Bu seni hayoting zerikarli ekaningni bildiradi.
56
Bo‘ydoq yigitga ota-onasi debdi:
— Do‘stlaring hammasi uylanishdi. Oilasi, xotini bor. Senga alam qilmaydimi?!
Yigit debdi:
— Juda alam qiladi. Lekin nima qilay, ularga yordam berish qo‘limdan kelmaydi!
32
Bir kishi ishsiz, pulsiz qolib ketibdi.
Do‘sti unga yaxshilik qilmoqchi bo‘lib korxonasiga ishga joylashtiribdi. U kishi har kuni kelib-ketib, hech ish qilmasdan oylik olib yuraveribdi-yuraveribdi.
Bir kuni do‘stini yoniga kirib debdi:
— Shunaqayam adolatsizlik bo‘ladimi?!
— Nima bo‘ldi do‘stim? Axir men senga ish berdim, oylik olyapsan, - desa, haligi kishi:
— Ishxonaga kelib ketishim shartmi?! Oyligimni uyga olib borib berishsa bo‘lmaydimi!? - debdi.
30