Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir qiz sevgan yigitiga debdi:
— Agar men olamdan o‘tsam, nima qilasiz?
Yigit:
— Qiziqsan-a? Qachon ko‘rgansan, jodugarni o‘lganini?!
34
Ko‘chada kuchli shamol ko‘tarilib, yomg‘ir yog‘a boshlabdi. Shu payt uy eshigini kimdir taqillatibdi. Er borib, eshikni ochsa, ostonada shalabbo bo‘lib ketgan qaynonasi turgan emish. Kuyov hayajonlib:
— Oyijon, shu yomg‘irda nega ko‘chada yuribsiz? Tez uyingizga boring! – debdi-da eshikni yopib qo‘yibdi.
34
Bir kuni ikkita jinni hovuz boʻyida oʻtirgan ekan.
Birinchi ahmoq qoshiqda shakar olib, hovuzga solibdi-da, suvdan olib ichib koʻrib:
— Ey, shirasi chiqmabdi, - desa, ikkinchi jinni:
— Aralashtirmading-ku! – degan ekan.
34
— Oxirgi martta so‘rayapman, qani meni pullarim???
— Xudoga shukr, boshqa bu savolni eshitmas ekanman!
39
Uchta jinni mototsiklga o‘tirib ketayotishsa yo‘lda ularni GAI to‘xtatibdi.
Jinnilardan biri GAI xodimiga qarab:
— Ko‘rmayapsizmi? Sizga joy yo‘q! - degan ekan.
45
Ko‘zi ojiz chol dengizdan tilla baliq tutib olibdi.
Shu zahoti baliq tilga kirib debdi:
— Tila tilaging! Istagan 1 ta tilagingni bajaraman...
Shunda chol o‘ylanib turib:
— Meni chevaralarim hovlimda olmos toshlarni o‘ynab o‘tirganini uyimning 7-qavatida turib tomosha qilishni istayman.
38
Bir kuni ikki desant samolyotdan sakramoqchi bo‘lib tayyorlanib turishsa, biri ikkinchisiga debdi:
— Olma yeb olmaymizmi bir!?
— Mayli, - debdi do‘sti.
Ikkala desant olma yeb bo‘lgach, boyagisi yana so‘rabdi:
— Xohlasang, yana bittadan olma yeymiz...
— Mayli, ber! - debdi sherigi.
Olmani yeb o‘tirib, hayron bo‘lib so‘rabdi:
— O‘zi bu olmalarni qayerdan olyapsan?
— Seni yelkangdagi ryukzak shunaqa olmaga to‘la ekan, - dermish sherigi...
35
5 yoshli bolacha dadasiga debdi:
— Dada pul nima?
Dadasi:
— Pul bu konyak,chiroyli ayollar, mashina, xullas o‘g‘lim maishat, - debdi.
Shunda o‘g‘li:
— Dada agar pulingiz bo‘lmasa-chi? - desa, dadasi o‘g‘liga:
— Eh o‘g‘lim... Agar puling bo‘lmasa oddiy ko‘k choy, avtobus va onang-da, - dermish.
41
Qizlarni jahlini qanday chiqarishni bilasizmi?
1. Ularni suratga oling.
2. Suratni ko‘rsatmang.
Tayyor!
36
Krishtiano Ronaldo Paxtakor futbol klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolabdi. Jurnalistlar intervyu undan olyapdi:
— Siz Paxtakorga qanday kelib qoldingiz?
— Tasodifan. Toshkentga borganimda muxlislarga dastxat bergandim. Shularni ichida bitta muxlis 5 yillik shartnomani uzatsa, bilmasdan qo‘l qo‘yib beribman.
— Sir bo‘lmasa, qancha maosh va’da qilishdi?
— Maoshim haftasiga 100 ming so‘m. U ham bo‘lsa 100 foiz plastik kartochkaga tusharmish...!
33