Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bo‘ydoq yigitga ota-onasi debdi: — Do‘stlaring hammasi uylanishdi. Oilasi, xotini bor. Senga alam qilmaydimi?! Yigit debdi: — Juda alam qiladi. Lekin nima qilay, ularga yordam berish qo‘limdan kelmaydi!
Bir kishi ishsiz, pulsiz qolib ketibdi. Do‘sti unga yaxshilik qilmoqchi bo‘lib korxonasiga ishga joylashtiribdi. U kishi har kuni kelib-ketib, hech ish qilmasdan oylik olib yuraveribdi-yuraveribdi. Bir kuni do‘stini yoniga kirib debdi: — Shunaqayam adolatsizlik bo‘ladimi?! — Nima bo‘ldi do‘stim? Axir men senga ish berdim, oylik olyapsan, - desa, haligi kishi: — Ishxonaga kelib ketishim shartmi?! Oyligimni uyga olib borib berishsa bo‘lmaydimi!? - debdi.
— Do‘stim, og‘zimdagi hamma 32 ta tishimga tilla qo‘ydirdim. Endi tishimni ehtiyot qilishim, og‘zimda yong‘och chaqmasligim kerak...! — Menimcha sen endi shuncha tilla tish bilan o‘zingni ehtiyot qilishing kerak.
Bir donishmand g‘iybatchilarga qaratib shunday debdi: Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro‘si to‘kildi. Lekin to‘kilgan obro‘ seni yo‘q obro‘ingga kelib qo‘shilmaydi-ku!?
— Qaysi rangni yoqtirasan? — Jigar rangni. — Axir jigar rang tushkunlik keltirib chiqaradi-ku. — Jigar rangdagi 100 ming so‘mlik menga hecham tushkunlik keltirmaydi.