Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ayol eri bilan ko‘chada ketayotsa, birdan qattiq shamol turib, ayolning sochlarini to‘zg‘itib yuboribdi.
— Voy xudoyim-yey! Sochlarim to‘zg‘ib ketdi. Juda badbashara ko‘rinyapmanmi? - deb so‘rabdi ayol eridan.
— Yo‘q, har doimgideksan... - degan ekan eri.
41
Toshbaqadan so‘rashibdi: Nega sen bunday sekin yurasan?- deyishsa
Men xali 200 yil yashayman qayoqqa shoshilaman?
34
Kasalxonada bemor bosh vrach yoniga shikoyat bilan kirdi:
— Palatadoshim tushida mototsikl haydayverib, jonimga tegdi. Boshqa xonaga o‘tkazsangiz!
Bosh vrach:
— Nima, sizga mototsiklning ovozi yoqmayaptimi?
Bemor:
— Yo‘q! Tutuni!!!
39
Og‘ir operatsiyadan chiqqan bemor 8 mart kuni reanimatsiyadan yo‘qolib qolibdi.
Tezkor qidiruv ishlaridan keyin aniqlanishicha, uning kasbi gul sotuvchisi bo‘lib, o‘sha kuni do‘koniga emaklab bo‘lsa ham yetib olgan ekan.
48
Harbiy okrug shtabidan tashrif buyurgan tekshiruvchiga uch nafar askar tanishtirilmoqda. Ulardan ikki nafari baquvvat davangir bo‘lsa, uchinchisi qiltillagan, past bo‘yli askar.
Praporshik:
— Mana bu uchalasi harbiy qismimizning eng sara bo‘linmamiz sanaladi. Biror narsa yuz beradigan bo‘lsa, shu zahoti ularni oldingi marraga yuboramiz.
Tekshiruvchi birinchi askardan so‘rayapti:
— Sen kimsan?
— Oddiy askar Ivanov, erkin kurash va boks bo‘yicha sport ustasi.
— Barakalla, azamat! Sen-chi, sen kimsan? - so‘radi tekshiruvchi ikkinchi askardan.
— Oddiy askar Petrov, karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi, shuningdek, bir qator sharqiy yakkakurash turlarini tasarruf etganman.
— Barakalla, polvon! Xo‘sh, - murojaat qildi u, uchinchi, eng nimjon askarga mensimagan ohangda:
— Sen-chi, sen kim bo‘lasan?
— Oddiy askar Sidorov, shaxmat bo‘yicha sport ustasi. Mana bu ikkala qovoqboshga komandirlik qilaman!
37
Uchta jinni mototsiklga o‘tirib ketayotishsa yo‘lda ularni GAI to‘xtatibdi.
Jinnilardan biri GAI xodimiga qarab:
— Ko‘rmayapsizmi? Sizga joy yo‘q! - degan ekan.
44
Sport do‘konida.
— Parashyut bormi?
— Bor.
— Yaxshisidan bering.
— Mana buni oling. Kafolati bor. Sakragan vaqtingizda ochilmasa, olib kelavering, almashtirib beramiz...
33
Bir kuni maktabda o‘qtuvchi ochiq dars o‘tmoqda:
— Qani Sardor ayti-chi, katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Sardor:
— Katta bo‘lsam, millioner bo‘laman! Pulim ko‘p bo‘ladi. Xotinimga mashinalar, qimmatbaho kiyim-u, taqinchoqlar olib beraman. Uni yevropaga dam olgani yuboraman. Aytgan narsasini olib beraman, - debdi.
— Sen-chi Alisher, katta bo‘lsang kim bo‘lasan? - so‘rabdi ustozi.
Alisher:
Sardordi xotini, - dermish Alisher.
35
Sudya xotini cho‘kib ketgan erkakni so‘roq qilmoqda:
— Nega xotiningizni cho‘kib ketayotganini bila turib, qutqarishga harakat qilmadingiz?
— Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirar edi...
34
Qorboboga xat:
"Qorbobo, men sizdan yangi yilga oppoq Mersedes so‘ragan edim. Orzularim amalga oshmadi-ku?! Hurmat bilan Shahzoda.
Qorbobodan javob:
"Hurmatli Shahzoda! Siz menga rahmat ayting! Chunki hamqishlog‘ingiz Rustamni orzularini amalga oshirmaganim uchun...
63