Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir qizni uyiga yigitidan sovchilar keladigan bo‘lib qolibdi. Lekin qiz onasiga bu haqda nima deb aytishni bilmay debdi: — Oyijon, yaqinda uyimizda to‘y bo‘ladi. Onasi bo‘lsa: — Voy qizim, otang olamdan o‘tganidan keyin ancha yolg‘izlanib qoldim..., - degan ekan.
Bir qiz dugonasi bilan anchadan beri ko‘rishmagan ekan. Ko‘rishib, gaplashib qolibdi: — Voy dugonajon, ering bilan nega ajrashding? Qaynonang yomonmi? — Ha yo‘q... Endi, ichadigan, chekadigan, kechasi uyga kirib keladigan, odam kimga ham yoqardi?! — Ering shunaqami? To‘yingda ko‘rganimda mo‘mingina bola edi-yu! — Yo‘q! erimga shunaqa odamlar yoqmas ekan...
Bir ayol avtobusga chiqibdi-yu, dugonasiga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Allo, dugonajon! Yaxshimisan? Kecha uyga borsam eshik oldida ayol kishini tuflisi turgan ekan. Ichkarida erim notanish ayol bilan kulishib o‘tiribdi. O‘g‘lim esa oshxonada. Sekin borib yotoqxonani eshigini ochib qarasam...
Uzr dugonajon! ... Keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman, - deb avtobusdan tushib ketibdi.
Ertasi kuni yana o‘sha avtobusga, yana o‘sha ayol chiqibdi. Hamma yo‘lovchilar unga qarab turganmish.
— Nimaga qarab turibsizlar? - debdi ayol.
Yo‘lovchilar hammasi:
— Gapni ko‘paytirma! Dugonangga qo‘ng‘iroq qil, tez! - deyishibdi.
Uch toshbaqa toqqa dam olgani chiqishibdi. Tog‘ni uchiga chiqqunlaricha 20 kun o‘tibdi. Endi o‘tirib gulhan yoqamiz deyishsa, gugurt pastda qolib ketgan ekan. Toshbaqalardan biri debdi:
— Men pastga tushib gugurt olib chiqaman.
Oradan 3 kun, 5 kun, 1 hafta o‘tibdi. Ikkita toshbaqa bir-biriga qarab:
— Endi qachon keladi? Juda sekin yuradi-da! – deb turishsa, sal nariroqdan sherigining ovozi kelibdi:
— Agar meni yomonlayversanglar bormayman! O‘zlaring tushib gugurt olib kelaverasanlar!
Chumoli filga turmushga chiqibdi. Ko‘p o‘tmay chumoli yig‘layotganmish.
Fil:
— Nega yig‘layapsan? – deb so‘rabdi.
Chumoli:
— Endi meni farzandlarim ham fil bo‘ladimi? – debdi.
Mahalladagi bolalar ramazon aytib kelishsa, xotini eriga qarab:
— Adasi, borib anavi bolalarni hammasini haydab yuboring! – debdi.
Eri:
— Nega xotin? – desa, xotini:
— O‘tgan kuni men ularga somsa olib chiqib tarqatgan edim. Kecha ular menga “Pazandalik sirlari” degan kitobni tashlab ketishdi...!
Bolalar bogʻchasi:
— Bogʻcha opa, oʻrtogʻimga ayting, “Viz-z-z” etib u yoqdan bu yoqqa yuguravermasin... – debdi bolakay.
Bogʻcha opasi:
— Axir u mashina-mashina oʻynayapti-ku! Nima, senga uni “Viz-z-z” degani yoqmayaptimi? – desa, bolakay:
— Yoʻq, gazi yoqmayapti, - dermish.