Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Qizaloq buvisiga:
— Keling maktab-maktab o‘ynaymiz, - debdi.
Buvisi rozi bo‘libdi.
Keyin o‘ylab qarasa, bir yildan beri nabirasini uy vazifalarini bajarib berar ekan.
Bir kuni o‘qituvchi o‘quvchiga savol berdi:
— Nega skat yapaloq?
O‘quvchi javob berdi:
— Chunki skatni ustiga kit o‘tirgan.
O‘qituvchi:
— Unda nega dengiz otchasini ko‘zlari chaqchayib qolgan, desa
O‘quvchi:
— Otcha kit skatni ustiga o‘tirganini ko‘rib qolganda, dermish
Afandining xunukroq bir xotini bor ekan. U do‘stlarini yonida xotinini "go‘zalim”, "quyoshim” derkan. Bir kuni Afandidan do‘sti so‘rab qolibdi.
— Do‘stim, xotining chiroyli bo‘lmasa, nega endi uni "go‘zalim”, "quyoshim" deysan?
— Bilasanmi, quyoshga qarab bo‘lmagani kabi bizning xotinga ham qarab bo‘lmaydi-da!
Xitoy metro bekatida turgan yigit qizga:
— Chu min syan duf, - debdi.
Qiz o‘ylab turib:
— Yan fay ru tan, - deya javob beribdi.
Yigitning jahli chiqib ketib:
— Dau shan Fan, dafan nyu ru, yan ru go zay, - deya jerkib beribdi.
Shundan so‘ng qiz yig‘lab yuboribdi.
Keyin:
— Kuan gua dji ru, shuyan yu
...Ha, do‘stim. Xuddi o‘qib biron narsani tushunayotgandek davomini kutayapsiz.
Oltin baliqni tutib olgan cholga baliq debdi: — Tila tilagingni! Chol debdi: — Zavoddan mashinam tezroq chiqaqolsa, navbatim kelaqolsa degandim... Baliq cholga qarab turib: — Otaxon, bunchalik uzoq umr berolmiman sizga! - degan ekan.