Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir ayol eriga: — Ichishni tashlang, - debdi. Eri: — Mayli, tashlayman, - debdi. — Sigaretni ham tashlaysizmi? - debdi xotini. Eri: — Tashlayman, - debdi. Xotini o‘zida yo‘q xursand bo‘lib: — Man uchun hayotingizni berarmidingiz? - desa, eri: — Bunaqa hayotni nima keragi bor, beraman-da, - degan ekan.
Futbolimizni yaxshilashni eng yaxshi yo‘li: Oldin ularni hammasini dalaga haydash kerak. Keyin hozirgi hayotini qadriga yetib, ozgina tezroq yuguradigan bo‘lishadi.
To‘y kuni kelin kuyovbolaga debdi: — Bizni uchta farzandimiz bo‘ladi! — Nega bunchalik aniq gapiryapsiz? - so‘rabdi kuyov. — Aniq bilaman. Chunki ular hozir onamnikida yashab turibdi. To‘ydan keyin olib kelaman.
— Og‘ayni, negadir ranging boshqacharoq. Tobing yo‘qmi? — Bilasanmi, uch kundan beri xotinimni tushiga tumanimiz hokimi kirarmush. — Xo‘sh? Sen nima qilding? — Biror nima qilmoqchi edim, bugun meni tushimga mahallamiz raisi kirib "Bu ishga aralashmang" deb aytib ketdi.
— Meni qo‘shnilarim yarim tunda devorimni taqillataverishadi. Hech tinchlik berishmaydi-ya...⠀ Yaxshi-yam men o‘sha vaqt uxlamay, baraban chalayotgan bo‘laman!
Suv quvurlarini almashtirish tashkiloti xodimlarining qoidasi: Qayerda yangi asfalt qilingan bo‘lsa, tez borib o‘sha yerdagi suv quvurlarini almashtirish kerak.
Semiz kishi ko‘chada yurib ketayotsa, motosikl kelib turtib yuboribdi. — Bu nima qilganing?! Yonimdan aylanib o‘tsang bo‘lmasmidi?! - baqiribdi semiz kishi. Motosikl haydovchisi: — Kechirasiz, sizni aylanib o‘tish uchun benzinim yetmay qoldi, - dermish.
Ishga kirish uchun kelgan yigit bilan suhbat: — Yoshingiz nechida? — 17da. — Oliy ma’lumotlimisiz? — Ha. Mana diplom. — Qanday qilib 17 yoshda oliy ma’lumotli bo‘ldingiz? — Bu diplomni ko‘chadan topib oldim. — Sizni ism, familiyangizga diplom yozilgan ekanmi? — Yo‘q. Pasportimni diplomda yozilgan ism, familiyaga o‘zgartirib olganman.