Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Afandi bir idoraga ishga kirmoqchi bo‘lib borgan edi, uning boshlig‘i «erta keling, indin keling» deb juda ko‘p sarson qildi. Afandi bu ishdan umidini uzib o‘sha idora yonidagi sartaroshxonaga kirib ishlay boshladi. Bir kuni idora boshlig‘i kirib Afandiga soch oldirmoqchi bo‘l-di, Afandi uning sochining yarmini oldi-da:
— Turing, qolganiga ertaga keling! - dedi.
O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— Suvda yashaydigan 5 ta jonzot nomini ayt!
O‘quvchi:
— Qurbaqa.
O‘qituvchi:
— Juda yaxshi, yana 4 ta?
O‘quvchi:
— Uning otasi, onasi, akasi va singlisi.
— Dugonajon, kecha erim meni xafa qildi.
— Nega? Nima bo‘ldi?
— Go‘zallik saloniga 300 ming so‘ragandim.
— Bermadimi?
— Menga tikilib qarab turdi-da, 500 ming berdi!
O‘qituvchi bolalarga oy haqida hikoya qildi:
— Oy juda katta sayyora. U yerda milliondan ziyod odamlar yashashi mumkin.
— Menda bir savol bor, - dedi bir o‘quvchi.
— Xo‘sh, nima deysan?
— Oy yarimta bo‘lib qolganda odamlar qanday sig‘ishadi?
Shogird ustozidan so‘rabdi:
— Ustoz men bir qizni sevaman. U qiz meni sevadimi-yo‘qmi, buni bilmayman, - debdi.
Ustoz javob beribdi:
— Sen unga bir latifa ayt! Kulsa, u seni sevadi. Kulmasa sevmaydi, - debdi.
Qizga latifani aytib bersa, kulmabdi. Lekin yig‘lab yuboribdi...
Eri kompyuterda o‘yin o‘ynab o‘tirsa, xotini yoniga kelib:
— Adasi, menga-yam bering. Biroz o‘yin o‘ynay, - debdi.
Eri bo‘lsa asabiylashib:
— Ovqat qilayotganingda biror martta cho‘michni so‘raganmanmi sendan?! - dermish.
— Shakarning foydasi haqida nima bilasan?
— Shakar quloqlar uchun foydali.
— Qanaqasiga... quloqlar uchun?
— Ukamni choyiga shakar solsam, yig‘lamaydi. Meni quloqlarim dam oladi.
Nonushta payti eri xotiniga:
— Kecha futbolni kutmay uxlab qolibman. Internetdan natijasini bilib olishim kerak, - desa, xotini:
— Biznikilar 2:1 ga yutqazishdi, - debdi.
Eri:
— Nima sen futbol ko‘rdingmi?
Xotini:
— Yo‘q. Qo‘shnimiz tunda bir martta "Gol" va ikki martta "Padaringga la’nat" deb baqirganini eshitdim.