Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Mana sizni maoshingiz, - dedi ish beruvchi.
— Maoshimni ko‘tarishni iloji bormi? - debdi ishchi.
Ish beruvchi pulni ushlab turgan qo‘lini tepaga ko‘tarib:
— Shuncha ko‘tarsam bo‘ladimi? - dermish.
Stalinni xonasidan asabiylashib chiqqan polkovnik o‘ziga-o‘zi pichirlab "Mo‘ylovingga o‘t tushsin!" - debdi. Buni eshitib qolgan kotiba yugurib kirib Stalinga "Mo‘ylovingga o‘t tushsin deb haqorat qildi" deb aytib beribdi. Stalin g‘azab bilan darhol polkovnikni to‘xtatishlarini buyuribdi. — Sen kimni haqorat qilding? Mo‘ylovingga o‘t tushsin deganda kimni nazarda tutding? - debdi Stalin. — Gitlerni nazarda tutgandim, o‘rtoq general - debdi polkovnik. Stalin kotibasi tarafga o‘girib qarab: — Sen kimni nazarda tutding? - degan ekan.
Okeanda suzib kelgan shisha idishni ichidan xat topilibdi. Unda quyidagi so‘zlar yozilgan edi: "Kimsasiz oroldaman. Bu yerda tirikchilik uchun hamma narsa bor. Bu yerda soliq qo‘mitasi yo‘q, prokuratura yo‘q, sud yo‘q , mahalla oqsoqoli-ku umuman yo‘q. MIB yo‘q, virus ham yo‘q. Endi shu yerni qidiringlar. Tezroq topib kelinglar!"
Yaxshi tarbiyali bir qiz parkda skameykaga o‘tirib, kitob o‘qiyotsa, oldiga daydi kishi kelib: — Uyalmaysizmi?! - debdi. — Men tarbiyali qizman. Nima deyapsiz? - desa, daydi kishi: — Tarbiyali odamlar birovni kravatiga o‘tirib olishmaydi, - debdi.
Pastga tushib ketgan alpinistga tepada qolgan sherigi qichqiryapti: — Valijon tirikmisan? — Ha tirikman! — Qo‘l-oyoqlaring butunmi? — Ha! — Unda tepaga chiqaqol! — Iloji yo‘q! Hali yerga tushmadim...
Bir kishini og‘zidan badbo‘y hid kelarkan shunga hech kim unga tegmas ekan. Mahalla raisiga borib: — Meni uylantirib qo‘ymasangiz men hokimyatga ustingizdan arz qilaman, - debdi. Oqsoqol boshqa oqsoqollar bilan gaplashib hidni bilmaydigan bir xotin topib, uylab qo‘yibdi. Oradan 1 hafta o‘tib boyagi xotin Raisni oldiga kelibdi: — Men u bilan yashamayman, - degan ekan — Nimaga? - deb so‘rabdi oqsoqol — Yonida yotsam ko‘zim achishib ketyapti, - debdi.
Bir kuni afandi aroq do‘koniga kirsa. Ostonada bir mast uxlab yotgan ekan. Shunda Afandi sotuvchiga qarab debdi:
— Bu mastni uyiga olib borib qo‘ymasizmi?
Sotuvchi javob beribdi:
— Axir bu bizning reklamamiz-ku!
— Hozirgi kunda jurnallar yarim yalong‘och ayollar rasmiga to‘lib ketdi. Bizni davrimizda bunaqa emas edi! – debdi keksa jurnalist.
— Sizni paytingizda kiyim-kechaklar arzon edi-da! – debdi unga muharrirlardan biri.