Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Pastga tushib ketgan alpinistga tepada qolgan sherigi qichqiryapti: — Valijon tirikmisan? — Ha tirikman! — Qo‘l-oyoqlaring butunmi? — Ha! — Unda tepaga chiqaqol! — Iloji yo‘q! Hali yerga tushmadim...
Bir ayol dugonasiga: — Voy dugon, ko‘zinlaringga nima bo‘ldi, qizarib ketibdi? — Kecha qo‘shnimiznikida janjal bo‘layotgan edi. Men qulf tirqishidan qarab turuvdim, ichkaridan kimdir ko‘zimga barmog‘ini tiqib oldi. — Unda ikkinchi ko‘zing nimaga qizil? — Ikkinchi ko‘zim bilan kim barmog‘ini tiqqanini ko‘rmoqchi edim.
Bir kishini og‘zidan badbo‘y hid kelarkan shunga hech kim unga tegmas ekan. Mahalla raisiga borib: — Meni uylantirib qo‘ymasangiz men hokimyatga ustingizdan arz qilaman, - debdi. Oqsoqol boshqa oqsoqollar bilan gaplashib hidni bilmaydigan bir xotin topib, uylab qo‘yibdi. Oradan 1 hafta o‘tib boyagi xotin Raisni oldiga kelibdi: — Men u bilan yashamayman, - degan ekan — Nimaga? - deb so‘rabdi oqsoqol — Yonida yotsam ko‘zim achishib ketyapti, - debdi.
Bir kuni afandi aroq do‘koniga kirsa. Ostonada bir mast uxlab yotgan ekan. Shunda Afandi sotuvchiga qarab debdi:
— Bu mastni uyiga olib borib qo‘ymasizmi?
Sotuvchi javob beribdi:
— Axir bu bizning reklamamiz-ku!
— Hozirgi kunda jurnallar yarim yalong‘och ayollar rasmiga to‘lib ketdi. Bizni davrimizda bunaqa emas edi! – debdi keksa jurnalist.
— Sizni paytingizda kiyim-kechaklar arzon edi-da! – debdi unga muharrirlardan biri.
Qari ayol Amerikaga boribdi. Bir kuni avtobusga chiqsa, yosh yigit joy beribdi. Qari ayol yoshligida nemis tilini o‘rgangan ekan. Thank you deyish o‘rniga, Danke deb yuboribdi.
Donkey nemischada rahmat degani. Inglizchada esa eshak degani.