Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Erini uydan haydab yuborgan xotini orqasidan baqirayotganmish: — Bir umr qiynalib o‘tgin! Kosang oqarmasin! Shu payt eri xotiniga qarab: — Demak, yana sen bilan yasharkanman-da! Uyga qaytib kiraveraymi?
1. Har bir inson umrida bir martta kuyadi. Yo quyoshdan yo sevgidan. 2. O‘ziga bino qo‘ygan odamlar shuni bilsin-ki, biz ham ularga qo‘yganmiz. 3. Meni mutlaqo yaxshi bilmaydigan insonlarni men haqimdagi fikri meni ham mutlaqo qiziqtirmaydi! 4. Hadeb ortimdan gapiravermang! Shundoq ham o‘zim haqimda fikrim juda baland! 5. Har kim indamas bo‘lish huquqiga ega. 6. Uxlang! Sizni buyuk ishlar kutmoqda. 7. Atrofingdagi dushmanlaringni xursand qilish uchun har-har zamonda o‘zingni siqilgan qilib ko‘rsat! 8. Sog‘lom odam bu - yaxshi tekshirilmagan odam!
Psixoterapevt bemoriga: — Bir-ikki kunda sizga javob beramiz. Siz to‘liq sog‘aydingiz. Asosiysi, insonlarga "Yo‘q" degan javobni berishni o‘rgandingiz. — Rahmat doktor. — Kasalxona uchun pulni plastikda to‘laysizmi? — Yo‘q! — Naqd to‘laysizmi? — Yo‘q! — Tushunmadim. O‘zi pulni to‘lash niyatingiz bormi? — Yo‘q!
60-yillarda amerikaliklar kosmosda yozadigan ruchka yaratish uchun 1 million dollarga yaqin mablag‘ sarflashgan. Sovet kosmonavtlari esa kosmosda shunchaki qalamdan foydalanganlar.
Bir kuni afandi militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib:
— 715 raqamli oq rangli Neksiyani topib beringlar, - debdi.
Militsiya:
— Mashinangizni o‘g‘rilar ketishdimi? - desa, afandi:
— Yo‘q. Shu mashinani orqasiga eshagimni bog‘lab qo‘ygan edim. Mashinani haydab ketib qolishibdi, - dermish.
To‘y avjigan chiqqan. Hamma xursand. O‘yin-kulgi qizigan vaqt to‘yxonada o‘ynab yurgan bolakaylar bir-biriga:
— Kuyov bilan bir hazillashamizmi? Ketdik! – deb kelin-kuyovni oldiga borishibdi-da kuyovga:
— Ada, bizlar bilan ham rasmga tushing, - debdi.