Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir odam barda qo‘lidagi qadahni aylantirib ichsammi ichmasammi, - deb o‘ylanib o‘tiraveribdi. Buni kuzatib o‘tirgan bir krutoy yigit kelib:
— Sen o‘zi ichasanmi ichmaysanmi? - deb, qadahni bir ko‘tarishda ichib qo‘yibdi-da, haligi odamni masxara qilib tirjayibdi.
O‘ylanib o‘tirgan boyagi kishi unga qaragancha, o‘zicha pichirlabdi: "Ishdan haydaldim, mashinam pachoq bo‘ldi, bankdan yuz million kreditim bor, xotinim tashlab ketdi, endi esa zaharimni ham mana bu ahmoq ichib qo‘ydi", - dermish
Er xotin janjallashib qolishibdi. Bir soat o‘tgach, axiyri xotini eriga qarab:
— Dadasi bilmaysizmi eshak qancha umr ko‘rib, keyin o‘ladi, - desa
Eri:
— Nima mazang qochyaptimi, - dermish
Bir odam xotinini ishxonasidagi ziyofatga olib kelibdi. Bir oz turgach, xotini:
— Anavi sochini chiroylik turmaklagan ayol kim?,- deb so‘rasa. Eri:
— U boshliqning mashuqasi!, - debdi.
Xotini yana bir boshqasini ko‘rsatib:
— Anavi to‘lagina ayol kim?, - desa.
Eri:
— Bosh hisobchimizning mashuqasi, - debdi.
Xotini bir chekkada fujerda shampan vinosi ichayotgan ayolni ko‘rsatib:
— Bu ayol kimning mashuqasi?, deb so‘ragan edi.
Er:
— Bu ayol bo‘lim boshlig‘ining mashuqasi, - debdi.
Xotini ketvorgan bir yosh juvonni ko‘rsatib:
— Bu kimning mashuqasi, - desa.
Er kim bilan gaplashayotgani esida yo‘q:
— Bu meniki, meni asalim bu!, - debdi.
Xotini ham suhbatga o‘ta berilib ketganidan:
— Dadasi, bizniki hammasidan chiroyli ekan, - dermish
Praktikant talaba tug‘ruqxonada bir ayolni tug‘ishiga yordam beryapti. Professor uni kuzatib turibdi...
Hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Talaba o‘zida yo‘q hursand. Professorga faxr bilan:
— Menimcha, hammasini to‘g‘ri bajardim.
Professor:
— Yashirmayman, rostdan ham hammasi to‘g‘ri bo‘ldi. Lekin oxirida chaqaloqni orqasiga, urish kerak edi, chaqaloqni..
Firma direktori o‘zi sotadigan mol savdosi haqidagi e’longa ko‘zi tushibdi. Qarasa, narxi arzonrok ekan. Telefon qilishga qaror qilibdi.
Natijada, o‘z ombori qorovulining ovozini tanib qolibdi.
Jinnixonada bir kuni jinnilarni sur’atini olib uydagilarga jo‘natishayotgan ekan.
Bir jinnini sur’atga olishga navbat kelganda. U sur’atchini tashqariga chaqirib daraxt ortiga berkinib olib "sur’atga oling" - debdi.
Sur’atkash qarasa, daraxtdan boshqa narsa yo‘q emish.
— Daraxtni rasmini jo‘natasanmi, - desa.
— Yo‘q, men ota-onam sur’atdagi daraxtga qaraganda, daraxt ortidan «pa» - deb, chiqaman, - debdi.
Biznesmendan qanday qilib millioner bo‘lganini so‘rashdi.
— Xotinim tufayli.
— Qanaqasiga?
— Qancha pul topganimda xotinim pul yo‘qligidan nolishni to‘xtatishini bilmoqchi edim...
Xotin o‘ynashi bilan yotsa eri ishdan erta kelibdi, xotin o‘ynashiga yashirining desa, u televizorni orqasiga yashirinib olibdi. Xotin eshikni ochib:
— Ha, dadasi erta kelibsiz ishdan desa
— Futbol bor ushanga shoshilib keldim deb televizorni qo‘yib futbolni ko‘rib yotib, birdaniga xotin—xotin deb qopti.
Xotini oshxonada endi o‘ldim deb:
— Ha, dadasi desa
Eri:
— Aytsam ishonmaysan, hozir hakam bitta o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatuvdi, o‘yinchi bizni uydan chiqib ketdi dermish.