Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Avtobusda: — Xolajon, sumkangiz ochilib qolibdi. — Voy bolajonim rahmat! Boshqa bir insofsiz bo‘lganda hamyonimdagi pullarni o‘g‘irlab olardi. — 100 ming so‘m ham pul bo‘ptimi xolajon?!
Ikkita ovsin o‘tirvolib, bittasi kularmish, ikkinchisi yig‘larmish. Bittasi qaynonasi zinadan yiqilib tushgani uchun kularmish. Ikkinchisi nega yig‘layotganiga tushunmadingizmi? U qaynonasi yiqilib tushganini ko‘rmay qoldim deb yig‘larkan.
Bir kuni er ko‘chadan xovliqib kelib: — Xotin kiyimlaringni kiy! Men katta pul topib oldim! Endi millionerman! - desa, xotini: — Hozir adasi, chiroyli kiyimlarimni kiyib chiqaman. Aylanishga boramizmi? - debdi. Eri bo‘lsa: — Nimani kiysang kiy! Oyingni uyiga ketasan! - degan ekan.
Ikki do‘st cho‘lda suvsiz, nonsiz ketayotsa, uzoqdan bir tup olma daraxti ko‘rinibdi. Ikkalasi ham bir-biriga qaramay yuguribdi. Daraxtni uchida 1 donagina olma bor ekan. Birinchi do‘sti daraxtga tirmashib chiqsa, olma yerga uzilib tushib ketibdi. Pastdagi do‘sti olmani olib yeb qo‘ysa, tepadagisi: — Ana ko‘rdingmi? Men bilan yursang olma yeysan, - dermish.
Eshmat lofchi Toshmat lofchiga aytarmish: Bilasanmi, kecha yap-yangi "Malibu"ni salondan olib chiqib, sening ko‘changda, naq balkoning tagida uyoqdan buyoqqa, buyoqdan uyoqqa rosa maza qilib haydadim, ko‘rmading. Toshmat lofchi javob beribdi: Kecha band edim. Uyimga Munisa Rizayeva bilan Shahzoda kelgandi. Maza qilib choy ichib, o‘tirdik. Eshmat lofchi: Yo‘g‘e, nega meni chaqirmading?, desa, Toshmat lofchi: Ayb o‘zingda. Chaqirmoqchi bo‘lib, balkonga chiqsam, ko‘chada uyoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa yurib, eshitmading, dermish...
Bir kuni ikki kishi bitta sigirni talashib qolibdi. Sigir kimniki ekanini aniqlash uchun qoziga murojat qilishibdi. Ikki kishi bo‘lsa sigirni bir u tomonga, bir bu tomonga tortarmish. Qozi bo‘lsa o‘rtada sigirni sutini sog‘ib turgan ekan.