Koronavirusning yangi Omikron shtampining asosiy belgilari: charchoq, bosh og‘rig‘i, holatsizlik, suyaklarni og‘rishi... Xullas, har kun tongda bizda kuzatiladigan holat!
Kuyov mashinada qaynonasi bilan ketayotsa, YPH xodimi to‘xtatib, hujjatlarni tekshira boshlabdi. — Haydovchilik guvohnomangiz, talon, sug‘urta, ... — Mana, mana, mana! Ko‘rsatibdi kuyov. Hamma hujjatlar joyida ekan. Xodim: — Endi kuf deng-chi! – debdi. Bunisi ham “toza”! Orqa o‘rindiqda o‘tirgan qaynona gap boshlabdi: — Ha juvorma bo‘lgur! Hech narsa topa olmadingmi? Xodim: — Bu gapingiz xizmat vaqtida meni haqorat qilishga kiradi! Chora ko‘ramiz, - desa, kuyov: — Mana jinnixonadan ma’lumotnoma, - debdi.
Bo‘ydoq yigitdan so‘rashibdi: — Sen tengi o‘rtoqlaringni hammasi uylanib xotin, bola-chaqali bo‘lishdi. Senga alam qilmaydimi?! Yigit javob beribdi: — Nima qilay alam qiladi! Ularga qanday yordam berishni bilmayman-da!
— Azizim, to‘ydan oldin meni taksida olib yurardingiz. Endi esa metroda yuribmiz... — Chunki sen bilan faxrlanaman. Taksida seni 1 ta odam ko‘radi. Metroda yuzlab odamlar ko‘radi.
— Xotiningiz og‘ir asab kasalligiga chalingan. Lekin siz xavotir olmang, bunday bemorlar ba’zan uzoq umr ko‘rishadi. — Ayting-chi doktor, ularni eri-chi? Uzoq yashay olishadimi?
Bir yigit yaxshi kayfiyatda sevgan qizi bilan uchrashuvga ketayotsa, yo‘l chetida bir apparatga ko‘zi tushibdi. Apparatga "Kayfiyatngni tushiradi" deb yozilgan ekan. Yigit o‘zicha: "Hozir hech nima meni kayfiyatimni tushira olmaydi!" - debdida, tugmasini bosibdi. Apparat yigitni chiroyli kiyimiga suv sepib yuboribdi. Yigit jiqqa xo‘l bo‘lib tursa, atrofiga ko‘p odamlar yig‘ilib ustidan mas'hara qilib kula boshlashibdi. Yigit atrofga qarasa, boshqa apparat bor ekan U yerga "Kayfiyatingni ko‘taradi" deb yozilgan ekan. "Nima bo‘lsa bo‘ldi!" debdida, uni ham tugmasini bosibdi. Shu payt yigitni mas'hara qilib kulayotgan odamlarni ustiga suv sepilib ketgan ekan.
— O‘zimni ko‘cha bezorilaridan himoya qilish uchun qaysi sport turi bilan shug‘ullansam bo‘ladi? Sambo bilanmi yoki karate bilanmi? — Yugurish bilan shug‘ullan!