Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikki dugona gaplashyapti:
— E dugonajon, anchadan beri tobim yo‘q. Juda mazam qochyapti-da. O‘tib ketarmikin-a?
— O‘tib ketadi. O‘tgan yili yon qo‘shnim huddi sizga o‘xshab yurgan edi. O‘tib ketdi rahmatli.
117
Statistika ma’lumotlariga qaraganda, hozir go‘zallik saloniga kelayotgan qizlarni:
— Keling xola, deb kutib olib, yaxshi boring singlim, deb kuzatib yuborishayotgan ekan...
136
Yigit qizni kaptivada aylantirib yurib qizga:
— Jonim man sani, aldagandim. Mani xotinim va 2 ta bolam bor, - deb tursa
Qiz:
— Ho-o, o‘ling-a. Nima ekan debman-a. Man mashina o‘zimnikimas deyishizdan qo‘rquvdim, - dermish
126
Zooparkdagi e’londan:
— Delfinlarga banan tashlamang! Birinchidan, ular banan yeyishmaydi, ikkinchidan, och maymunlar cho‘kib ketishyapti...
154
Futbol o‘yinini tomosha qilayotgan Farhod dadasidan so‘radi:
— Nega hakam o‘yinchilarga qarab hushtak chalaveradi? Nima, ular gapga tushunmaydimi?
152
Bir qizcha qorboboga xat yozibdi.
— Qorbobo manga yangi yilda ukacha olib kel, - debdi.
Xatni yuboribdi. Bir kundan keyin qorbobodan, qizchaga xat kelibdi.
— Ukacha kerak bo‘lsa, oyingni yubor, - debdi
122
Sudya sudlanuvchiga:
— Nega o‘zingizga himoyachi olmadingiz?!
Sudlanuvchi:
— Janob sudya qaysi advokatga murojaat etmay, jinoyat ishida aytilgan o‘sha besh million dollarni xaqiqatdan olmaganimni eshitishlari bilan menga himoyachi bo‘lishni rad etishyapti.
89
Zamonimiz yoshlari hozirda Romeo va Juletta, Toxir va Zuxra bo‘lamiz deb ota-ona bo‘lib qolishyapti.
165
Bir kishi sahroda ketayotgan ekan. Suvi qolmasdan, tinkasi qurib, o‘lar holatga kelganida uzoqdan «300 metrdan keyin SUV!», degan yozuvli strelkani ko‘ribdi.
Bir amallab o‘sha tarafga yo‘l olibdi. Keyinroq «200 metrdan keyin SUV!!!», degan strelkani ko‘ribdi. Oxirgi kuchini to‘plab keyingi strelkagacha yetib olibdi.
Oxirgi Strelkaga «100 metrdan keyin suv», degan yozuv bo‘lib strelka yer tomonga(pastga) qaratib qo‘yilgan ekan.
147
Bir kishi o‘rmonda adashib qolibdi va baqira boshlabdi. Bir payt yelkasiga kimdir qo‘lini qo‘yibdi. Qarasa ayiq!
— Nimaga baqiryapsan, odam?
— Kimdir eshitadimi dedim.
— Mana, men eshitdim. Bundan senga foyda bo‘ldimi?
165