Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikki futbol muhlisi restoranga kirib, ichishib, mast bo‘lib qolibdi-da, tortishib ketishibdi. Birinchisi o‘rnidan turib debdi:
— Messi dunyodagi eng kuchli futbolchi. Eng tezkor texnikali. Bir o‘zi hammani aldab o‘tadi.
Ikkinchisi o‘ylanib o‘tirib:
— Ronaldoga o‘xshaydi deb qo‘yaqol, - dermish.
Yangi ko‘ylak kiygan xotin eridan so‘rabdi:
— Bu ko‘ylak meni semiz ko‘rsatmayaptimi?
Eri:
— To‘g‘risini aytsam, xafa bo‘lmaysanmi?
— Yo‘q! Gapiravering, - debdi xotini.
Eri:
— Yuqori qavatda yashaydigan qo‘shni ayol menga juda-yam yoqadi-da!!!
Ota bolasiga dedi:
— Yuqori qavatda turadigan bola bilan o‘ynama, tarbiyasi yaxshi emas.
— Mening tarbiyam yaxshimi?
— Albatta yaxshi-da.
— Unday bo‘lsa, o‘sha bola men bilan o‘ynasa maylimi?
Harbiy qismga kelgan yosh askar Sharipovning otasi vafot etgani haqida xabar kelibdi. Ofitserlar bu shumxabarni unga qanday yetkazish haqida o‘ylay boshlashibdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aytay desa, askar hali yosh. O‘zini biron nima qilib qo‘yishi mumkin. Oxiri komandir yaxshi usul taklif qilibdi. Ertalabki yig‘inda qism komandiri buyruq beribdi:
— Otasi borlar 1 qadam oldinga "Shagom marsh"!!! Sharipov sen qayoqqa???
Sud jarayoni ketmoqda. Sudya ayblanuvchiga savol beribdi:
— Ayblanuvchi, ismingiz nima?
— Ismim Begunoh! Shaxsimni tasdiqlovchi hujjatlarning barchasida shunday!
— Begunohmisiz???
— Ha janob! Adolatli hukmingiz uchun rahmat! Men ketdim!
Chol yoshlikni eslaylik deb, kampirini sevishganlar bog‘iga olib boribdi. Gaplashib turishsa, bog‘ qorovuli xizmatchisi kelib:
— Jarima to‘laysiz! Ahloqsizlik uchun! - debdi.
Shunda chol:
— Uzr bolam, birinchi marta kechira qol, - debdi.
Haligi qorovul o‘ylanib turib:
— Mayli sizni kechiraman! Ammo, manavi kampirni avval ham ko‘p martta ogohlantirganman, - debdi.
Qabriston qorovuli boshlig‘iga borib ishdan bo‘shatishini talab qildi.
— Meni ishdan bo‘shating, to‘ydim!
— Iye, nimaga?
— Qabrlarni har kuni oralab yuraman. Qayerga qaramay, "Bu yerda falonchi yotibdi", "Bu yerda pismadonchi yotibdi" degan yozuvga ko‘zim tushadi. Nima, birgina men ishlashim kerakmi bu yerda?